Klassik iqtisodiy maktabga muqobil g’oyalar mohiyati j. B. Sey iqtisodiy qarashlari


T.Mal’tus iqtisodiy qarashlari. Davlatning iqtisodiyotdagi roli


Download 23.75 Kb.
bet4/8
Sana01.03.2023
Hajmi23.75 Kb.
#1241217
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KLASSIK IQTISODIY MAKTABGA MUQOBIL G’OYALAR

T.Mal’tus iqtisodiy qarashlari. Davlatning iqtisodiyotdagi roli
Sey iqtisodiy liberalizm g’oyasini ham qo’llab - quvvatlagan. Shunisi qiziqki, deb yozgan edi u, agarda hukumat ishlab chiqarishga aralasha olmasa, demakki hukumat ishlab chiqarishga zarar ham ko’rsatishi kerak ham emas. Ayniqsa u alohida kompaniyalarga davlat tomonidan berilgan monopoliyalarni tanqid etiib, bu holat tashqi savdodagi protektsionizm siyosatiga olib kelishini aytib o’tgan. Bundan tashqari Sey mansabdor shaxslar davlat manufakturalarini boshqara olish imkoniyati haqida ham tanqidiy fikrlar bildirgan. Shu bilan birgalikda, u davlat iqtisodiyotni texnik progressni tezlashtirish uchun ta’lim va fanni moliyalashtirish, mo„ayyan infrastruktura yaratish orqali iqtisodiyotni rivojlanishini mumkinligiga ishonib erkin raqobatchilik qoidalarini yuridik rasmiylashtirish yo’llarini yaratish haqida fikr bildirgan.
T.R.Mal’tus iqtisodiy nazariyasi. Ingliz iqtisodchisi Tomas Robert Mal’tus (1766-1834), asli ruhoniy bo’lib, Shu bilan birgalikda ilmiy faoliyat bilan ham Shug’ullangan. 1805 yildan boshlab, u Ost-Hindiston kompaniyasi kolledjida siyosiy iqtisoddan dars bergan. Mal’tusning asarlaridan «Jamiyatning kelajakdagi ravnaqi borasida aholi qonuniyatlari haqidagi tajriba» (1798), hamda «Renta tabiati va o’sib borishi haqida tadqiqotlar» (1815) va «Siyosiy iqtisodiyot printsiplari» (1820) kabi asarlari mavjud.
Predmet va uslub. Umuman olganda, Mal’tus nazariyasi metodologiyasi mumtoz siyosiy iqtisod umumiy printsiplariga muvofiq bo’lib, uning boshqa namoyandalardan farqli o’laroq, tadqiqot predmeti sifatida ishlab chiqarishni taxlil etgan (taklif), Shu bilan birgalikda Mal’tus talabga ham katta e’tibor qaratgan.
Asosiy nazariy holatlar
Aholi qonuniyati. Mal’tus aholi o’sishi ishlab chiqarish o’sishidan ko’ra tezroq yuz berishini isbotlashga harakat qilgan, Shu sababli vaqt o’tishi bilan har - bir inson kamroq mahsulot iste’mol qilishga o’tadi, va oqibatda insonlar, sinflar va davlatlar orasida qarama - qarshiliklar yuz berishi mumkin. Mal’tusning fikricha, aholi o’sishi darajasi, jamiyatning quyi tabaqa vakillari orasida keng tarqalganligi bois, u bir tomondan kambag’allarga moddiy yordam ko’rsatishni bekor qilib, boshqa tomondan ularning ta’lim va madaniy darajasini oshirish lozim deb hisoblagan. Bunda Shunga e’tibor berish kerakki, Mal’tusdan oldin aholi miqdori o’sishi ijobiy hodisa deb sanalib, bu holat ishlab chiqaruvchilar soni o’sishiga tenglashtirilgan va xalq boylik darajasini oshiruvchi omil sifatida ko’rib chiqilgan (masalan Smit nazariyasiz).
Mal’tus ilk marotaba, jamiyatning e’tiborini insonlar nafaqat ishlab chiqaruvchilar, balki iste’molchilar ekanligiga qaratgan. Demakki, talab mustaqil iqtisodiy muammo ekanligi isbotlangan.

Download 23.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling