Konimex tuman kasb-hunar maktabida korrupsiyaviy xatarlarni aniqlash va ularni bartaraf etish hamda korrupsiyani oldini olish bo’yicha “Yo’l xaritasi” bandlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to’g’risida ma’lumot


Download 11.45 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi11.45 Kb.
#1578973
Bog'liq
korrupsiya hisobot mart


Konimex tuman kasb-hunar maktabida korrupsiyaviy xatarlarni aniqlash va ularni bartaraf etish hamda korrupsiyani oldini olish bo’yicha “Yo’l xaritasi” bandlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to’g’risida
MA’LUMOT
2022 yil 3 mart kuni kasb–hunar maktabining kirish qismida “Biz korropsiyaga qarshimiz” shiori ostida rasmlar ko’rgazmasi tashkil etildi.






2022 yil 10 mart kuni 11-21 hamda 05-20 guruhlarda “Korrupsiya-kelajakka tahdid” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbatini YOIBDO’ A.Taspanbetov kirish so’zi bilan ochib berdi. Davra suhbatiga tuman IIB Inspektor psixologi leytenant M.Raxmatov hamda Konimex tuman IIB JQB tezkor vakili leytenant SH.Mamasoliyev taklif etildi. Tuman IIB JQB tezkor vakili leytenant SH.Mamasoliyev so’zga chiqib korrupsiya – bu mansabdor shaxslar tomonidan davlat hokimiyati yoki boshqaruvi vakolatlaridan foydalangan holda shaxsiy manfaatlarni yoki boshqa shaxslar manfaatini ko‘zlab sodir etiladigan jinoyatlar yig‘indisi ekanligi, ayni damda korrupsiyaga qarshi kurashish barcha davlat va jamoatchilik tashkilotlari hamda moliyaviy muassasalarda ustuvor vazifaga aylanganligi borasida keng fikr-mulohazalarini bildirdi.


Davra suhbati davomida o’quvchi-yoshlar o’z fikr-mulohazalarini bildirib, qiziqqan savollari bilan murojaat qilishib soha mutaxassislari tomonidan javoblar olishdi.



Kasb-hunar maktabida 2022 yil 18-mart kuni “Korrupsiya: uning tarixiy ildizlari, korrupsiyaga qarshi kurash” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbatini O’quv bo’limi uslubchisi M.Kenjayeva ochib berib, taklif etilganlarni tashintirib kun tartibidagi birinchi masala “Korrupsiya: uning tarixiy ildizlari,korrupsiyaga qarshi kurash usullari” yuzasidan so’zni Jinoyat ishlari bo’yicha Konimex tuman sudi devonxona mudiri A.Abdullayevga berdi. A.Abdullayev so’zga chiqib ma’ruzasida korrupsiya bu — jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi deya ta’kidlab o’tdi.





Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan, Konimex tuman IIB JQB tezkor vakili leytenant SH.Mamasoliyev so’zga chiqib korrupsiya – bu mansabdor shaxslar tomonidan davlat hokimiyati yoki boshqaruvi vakolatlaridan foydalangan holda shaxsiy manfaatlarni yoki boshqa shaxslar manfaatini ko‘zlab sodir etiladigan jinoyatlar yig‘indisi ekanligi, ayni damda korrupsiyaga qarshi kurashish barcha davlat va jamoatchilik tashkilotlari hamda moliyaviy muassasalarda ustuvor vazifaga aylanganligi borasida keng fikr-mulohazalarini bildirdi.
Davra suhbati davomida o’quvchi-yoshlar o’z fikr-mulohazalarini bildirib, qiziqqan savollari bilan murojaat qilishib soha mutaxassislari tomonidan javoblar olishdi.
2022 yil 24-mart kuni kasb-hunar maktabida “Korrupsiya jamiyat va ma’naviyat kushandasi’ mavzusida davra suxbati bo’lib o’tdi. Tadbirga tuman ma’naviyat targ’ibot markazi rahbari N.Toshtemirov, tuman IIB Inspektor psixologi leytenant M.Raxmatov hamda Konimex tuman IIB JQB tezkor vakili leytenant SH.Mamasoliyevlar taklif etildi. Tadbirda soʻzga chiqqanlar tomonidan taʼkidlanganidek, bugungi kunda korrupsiya fuqarolarning ijtimoiy adolatga, davlat organlariga nisbatan ishonchini susaytiradi, davlatning iqtisodiy oʻsishiga salbiy taʼsir koʻrsatadi, qolaversa, jamiyatdagi maʼnaviy muhitni buzilishiga olib keladi.Korrupsiya — mansabdor shaxslar tomonidan davlat hokimiyati yoki boshqaruvi vakolatlaridan foydalangan holda shaxsiy manfaatlarni yoki boshqa shaxslar manfaatini koʻzlab sodir etiladigan jinoyatlar yigʻindisi ekanligi, ayni damda korrupsiyaga qarshi kurashish barcha davlat va jamoatchilik tashkilotlari hamda moliyaviy muassasalarda ustuvor vazifaga aylanganligi borasidagi keng fikr-mulohazalar bildirildi.Tadbir davomida o’quvchi yoshlar o’z fikr va mulohazalarini bildirib o’tdilar




YOIBDO’: A.Taspanbetov
Download 11.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling