Konlardagi ishlatiladigan quvurlar tasnifi


– rasm. Neftni yig‘ish va tashish tizimi


Download 478.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana16.06.2023
Hajmi478.14 Kb.
#1508531
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
14-(22)-maruza-2021

22.1– rasm. Neftni yig‘ish va tashish tizimi: 
1-quduq; 2-otma chiziq; 3-yig‘uv kollektori; 4-gaz yig‘uv kollektori; 5-neft yig‘uv 
kollektori; 6-suv uzatmasi; AGO‘Q-avtomatik guruhli qurilmasi; SNS-siquv nasos 
stansiyasi; KTQ-kompleks tayyorlash qurilmasi; GQIZ-gazni qayta ishlash zavodi; SUG-
suyultirilgan uglevodorod gazi; KFEU-keng fraksiyali uglevodorodlar;STQ-suvni tashlash 
qurilmasi; RP-rezervuar parki. 


Quduq mahsulotlari otma chiziq (2) orqali avtomatik guruhli o‘lchov qurilmalariga 
(AGO‘Q) to‘planadi va bu yerda har bir quduqdan qazib olingan neft, gaz va suvning 
miqdori navbat bilan o‘lchashdan o‘tkaziladi. Undan keyin quduq mahsulotlari (1) 
birgalikda yig‘uv kollektorlari orqali (3) siquv kompressor stansiyasiga (SKS) 
yo‘naltiriladi. Bu bosqichda neftning bosimi quduqning ustida 1,0...1,5 MPa bosimdan 
SKSsining kirishida 0,7 MPa gacha pasaytiriladi. SKSsida birinchi bosqichdagi ajratish 
0,3 MPa bosimgacha olib boriladi. Ajratilgan gaz o‘ziningbosimi ostida gazni yig‘ish 
kolektori (4) orqali gazni qayta ishlash zavodlariga (GQIZ) yo‘naltiriladi. Gazga 
to‘yingan neft va suv neftni yig‘uv kollektorlari (5) orqali nasoslar yordamida markaziy 
yig‘uv punktiga (MYP) haydaydi va u yerda neft eng so‘nggi barqarorlashtirish
suvsizlantirish va tuzsizlantirish jarayonidan o‘tkaziladi.
Tovar neft tovar rezervuar parkida yig‘iladi. Suv quvur uzatma orqali suvni 
tayyorlash qurilmasiga (STQ) beriladi va qatlam bosimini saqlash uchun qatlamga 
haydaladi. Gaz GQIZga kirib keladi va u yerda og‘ir uglevodorodlar va quruq gaz ajratib 
olinadi hamda kompressor yordamida magistral gaz uzatmasiga beriladi. Suyuqlik qismi 
suyultirilgan uglevodorod gazlariga va keng fraksiyali yengil uglevodorodlarga ajratiladi
magistral neft mahsulotlari uzatmasiga yoki temir yo‘l orqali iste’molchilarga 
yo‘naltiriladi. 

Download 478.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling