Konlardagi ishlatiladigan quvurlar tasnifi
Download 478.14 Kb. Pdf ko'rish
|
14-(22)-maruza-2021
22.1- jadval
K-1 deemul’gatorining texnik tavsifi № Ko’rsatgich nomi O’lchov birligi Texnik shartlar boyicha meyor 1 Agregat holati - suyuq 2 Tashqi ko’rinishi - och-sariq 3 Zichligi, 20 o S da g/sm 3 0,9-1,05 4 Oquvchanlik harorati o S minus 10 5 Chaqnash harorati o S 45 dan yuqori Konlarda neft NKTQ (neftni kompleks tayyorlash qurilmasida)da suvsizlantirish, tuzsizlantirish va gazsizlantirishni amalga oshirishga kompleks tayyorlash jarayoni deb ataladi. Neftning tarkibidagi mexanik aralashmalar ajratgichlar orqali ajratiladi va ularning og’irliklari farqi hisobiga cho’ktiriladi. Neftni kon sharoitida tayyorlashda uni barqarorlashtirish amalga oshiriladi. Neftni barqarorlashtirish deganda uning tarkibidan qoldiq yengil uglevodorodlar (metan, etan va boshqalar) chiqarib yuborish tushiniladi. Neftni barqarorlashtirish jarayoni issiqlik ta’sirida maxsus barqarorlashtirish qurilmasida amalga oshiriladi. Bunda neft qizdiriladi va tozalagichga uzatiladi. Neft 50÷80 0 Sgacha qizdirilib, tozalagichga uzatilganda uning tarkibidagi yengil fraksiyali uglevodorodlar bug’lanadi, sovutish qurilmasidan o’tkaziladi va benzin ajratgichli kompressor yordamida yig’uvchi gaz uzatmaga beriladi. Benzin ajratgichda og’ir uglevodorodlarning kondensasiyasi hisobiga neftning tarkibidagi yengil fraksiyalar qo’shimcha holda ajratiladi. Neftni kompleks tayyorlash qurilmasida tarkibidan ajralib chiqqan oqova suvlarni mahsuldor qatlamlarga haydashdan oldin mexanik aralashmalardan, temir oksidi gidratlaridan tozalanadi. Neftni mexanik aralashmalardan tozalashda yopiq (germetiklangan) tizimdagi quyidagi uchta usuldan foydalaniladi: a) tindirish; b) filtrlash; d) flotasiya (foydali qazilmalarni va rudani boyitish usuli). Tindirish usuli mexanik aralashmadagi qattiq zarrachalarni og’irlik kuchi (gravitasiyali) ta’sirida ajratishga asoslangan bo’lib, neft va suvning zarrachalari tindirgich yoki rezervuarda cho’ktiriladi. Filtrasiya usulida ifloslangan qatlam suvlari gidrofobli filtrlovchi qatlam orqali o’tkaziladi. Bunda suv erkin holda filtrlanadi, neft tomchilari va mexanik aralashmalarni zarrachalari filtrlovchi qatlamda ushlanib qoladi. Flotasiya usulida gaz pufakchalari ifloslangan suvli qatlamni pastki qismidan yuqori qismiga o’tib, qattiq zarrachalar va neft tomchilarining sirt yuzalariga o’tiradi hamda gazlarni sirt yuzasiga suzib chiqishini ta’minlaydi. Download 478.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling