Konlardagi ishlatiladigan quvurlar tasnifi


 Tovar neftning sifatiga qo‘yilgan talablar


Download 478.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana16.06.2023
Hajmi478.14 Kb.
#1508531
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
14-(22)-maruza-2021

22.2. Tovar neftning sifatiga qo‘yilgan talablar 
Texnikaning rivojlanishi neft va neft mahsulotlarining assortementiga va sifatiga 
bo‘lgan talablarni oshiradi hamda ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirishni talab 
qiladi. Shuning uchun tovar neftning sifati qayta ishlash jarayonida doimiy ravishda 
nazorat qilib boriladi. Neft mahsulotlarini va ularni sinash metodlarini nazorat qilishni 
tashkillashtiirish standartsiz amalga oshirilmaydi. Standart masalalari ko‘p tarmoqlidir. 
Ishlab chiqariladigan mahsulotlarni tashish va ishlab chiqarish texnologiyasiga qo‘yilgan 
talablarni bajarilishi hamda qoniqtirilishi iste’molchilarni va ishlab chiqaruvchilarning 
manfatini - asossiz e’tirozlardan himoya qiladi. 
Davlat standart tizimi quyidagi kategoriyalarga bo‘linadi: neft mahslotlari davlat 
standarti (GOST), tarmoq standarti (OST), respublika standarti (RST), korxona standarti 
(GTP), texnik shartlar (TU). 
Davlat standartining majburiyatlariga neft va neft mahsulotlarini tashish tashkilotlari 
hamda korxonalar to‘liq rioya qilishlari shartdir. Bu hujjatlarda eng muhim ishlatish 
xossalari, chegaraviy qiymatlarni o‘zgarmas qiymatlari, spetsifik tayinlanishlar va 
foydalanish shartlarining fizik-kimyoviy shakllanishlarining ruyxatlari o‘rnatiladi. 
Neft va neft mahsulotlarining sifati deganda ularni tayinlanishiga yaroqligini 
ta’minlab beradigan umumiy xossalarga aytiladi. Xossalar ikkita asosiy guruhlarga 
ajratiladi: fizik-kimyoviy va ishlatish (texnologik). 
Neftning va neft mahsulotining asosiy holatini tavsiflovchi xossalari va tarkibi 
(zichlik, qavushqoqlik, fraksiya tarkibi). Ishlatish xossalari neft mahsulotlarini belgilangan 
sohada qo‘llanilish samaradorligini aniqlaydi. Neft mahsulotlarini ba’zi bir xossalari eng 
sodda fizik-kimyoviy xossalar yordamida baholanadi. Yuqorida keltirilgan fizik-kimyoviy 
xossalarni moddalarning eng sodda xossasi orqali aniqlash mumkin. 
Neft va neft mahsulotlari ko‘pincha amaliyotda sifat sathi bilan baholanadi. Optimal 
sathiga - iste’molchilarning talablarini to‘liq qoniqtirish orqali erishiladi. Sifat sathi har 
bir xossaning sathiga va xossalarning ahamiyati bog‘liqdir. Mahsulot xossasining sifatini 
tashkil etuvchi bir yoki bir nechta miqdoriy tavsiflar – uning sifat ko‘rsatgichini aniqlaydi.


Neftning xossasini sifati va tahlili hamda baholash usullarining ko‘pchiligi 
tayinlanishi bo‘yicha standartlashtirilgan.
Ular qabul qilish – topshirish, nazorat, to‘liq, 
arbitraj va maxsus turlarga bo‘linadi. 
Qabulga topshirish tahlili- ishlab chiqarish, olib kelingan yoki tushirilgan neft 
mahsulotlarini sifat ko‘rsatgichlarini ishlab chiqarilishiga mosligini o‘rnatish uchun 
keltiriladi. Nazorat tahlili- neft mahsulotlarini saqlash yoki tayyorlash jarayonida amalga 
oshiriladi. To‘liq tahlil- zavoddan ortilgan partiya mahsulotlari uchun asosiy ishlatish 
xossalari bo‘yicha sifat bahosini berishda qo‘llaniladi. Arbitraj tahlili- ishlab chiqaruvchi 
bilan iste’molchi o‘rtasida har xil kelishmovchiliklar paydo bo‘lganda shu mahsulotni 
ishlab chiqargan bosh tashkilot tomonidan yoki boshqa bog‘liq bo‘lmagan betaraf 
laboratoriya tomonidan bajariladi. Maxsus tahlil neft mahsulotlari guruhining kichik 
guruhi tomonidan olib boriladi. Masalan, neftni fraksion tarkibini aniqlash, yog‘ning 
barqarorligini tekshirish va h.k. 

Download 478.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling