Konmetallurgiyasi


Download 58.17 Kb.
bet1/4
Sana13.09.2023
Hajmi58.17 Kb.
#1676703
  1   2   3   4
Bog'liq
Ergashev Soha iqtisodiyoti


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGi

ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI


METALLURGIYA VA KIMYOVIY TEXNOLOGIYA” - FAKULTETI

“KIMYOVIY TEXNOLOGIYA” - KAFEDRASI

“SOHA IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI” FANIDAN



MUSTAQIL ISH

Bajardi: Ergashev Bekjon.
Qabul qildi: Xudoyqulov Olimjon.


Olmaliq 2023yil


OʻZBEKISTON KON-METALLURGIYA MAJMUASINING RIVOJLANISHI

Reja:


  1. Kon-metallurgiyasi sanoatining Oʻzbekiston hududida shakllanishi

  2. Metallurgiya sanoati majmui

  3. Metallurgiya va metallurgiya sanoatini tashkil etish.

  4. Xulosa.

  5. Foydalanilgan adabiyotlar



KON-METALLURGIYASI SANOATINING OʻZBEKISTON HUDUDIDA SHAKLLANISHI
Oʻrta Osiyo hududlaridagi tosh davriga oid yodgorliklarni oʻrganish, oʻsha davrdayoq mintaqadagi turli qabilalar oʻrtasida ibtidoiy konchilik shakllanganligini, bu esa oʻz navbatida metallurgiyani shakllanishiga asos solganligini koʻrsatmoqda. Oʻrta Osiyo tosh davri makonlarining joylashuvini tahlil qilsak, ibtidoiy ajdodlarimiz bu davrda togʻlar, togʻoldi adirliklarni, daryo vodiylarini hamda vohalarni oʻzlashtirishi, ularning ovchilik bilan shugʻullanishi tabiiy ravishda konchilikning rivojlanishiga olib kelardi. Shu tariqa, konchilikning rivojlanishi metallurgiya rivojiga katta ta’sir koʻrsatgan.

Oʻrta Osiyoda ibtidoiy makonlarni mehnat qurollari yasaladigan turli toshlar va boshqa xom-ashyo zaxiralari (metall mahsulotlari) mavjud joylar katta oʻrin tutgan. Xususan, mustahkam, lekin, oson ishlov beriladigan, turli shakl va hajmdagi mehnat qurollari yasash uchun qulay xom-ashyo turlariga boʻlgan ehtiyoj ibtidoiy konchilikka hamda boshqa minerallarning fizikaviy va kimyoviy xususiyatlarini asta-sekin oʻzlashtirib borilishiga olib keldi. Bu esa, turli hududlar va ibtidoiy makonlar oʻrtasidagi oʻzaro mahsulot ayriboshlashga boʻlgan ehtiyoji muhim oʻrin tutganligi haqida xulosa chiqarish imkonini bermoqda. Bunga olib kelgan sabablarni tahlil qilib, birinchidan, turli mintaqalarning tabiiy sharoitidagi tafovutlar, xom-ashyo zaxiralarining notekis joylashganligi, ibtidoiy jamoalarni oʻzlari yashab turgan tabiiy muxitning boy mahsulotlari - qimmatbaho va nodir toshlar, metallar va turli mineral boʻyoqlar mahsulotlarini oʻzaro almashishlarini hayotiy zaruratga aylantirardi. Ikkinchidan turli xom-ashyo va ishlab chiqarish mahsulotlarini oʻzaro ayriboshlash imkoniyatlarini yanada kengaytirdi, oʻz navbatida turli hududlar, birinchi galda qoʻshni jamoalarning oʻzaro xoʻjalik munosabatlari mustahkamlanib borishiga olib keldi. Oʻrta Osiyoning turli hududlaridan topilmalarning topilishi va boshqa koʻplab misollar, bu davrdagi mahsulot almashuv jarayonlari haqida fikr yuritishga imkon beradi. Mutaxassislar fikricha, bu davrda almashinayotgan mahsulotlar qiymatini belgilovchi ekvivalentlar boʻlmagan. Lekin, fikrimizcha, turli qabilalar va hududlar oʻrtasidagi mahsulot almashuvining kuchayishi, toʻlov vositasi sifatida alohida qiymatga ega boʻlgan nodir metallardan foydalanishga oʻtilishiga olib kelgan boʻlishi, ehtimoldan xoli emas. Mahsulot almashuvining ilk bosqichlarida nodir metallar qabila boshliqlari, jamoada alohida nufuzga ega boʻlgan kishilarga beriladigan sovgʻa tarzida amalga oshirilganligini etnografik tadqiqotlar natijalari ham tasdiqlaydi. Ba’zi mutaxassislar fikricha, Oʻrta Osiyodagi koʻplab konlarda mintaqaning turli hududlaridan kelgan qabilalar vakillari uchrashganlar. Bu yerda nafaqat turli mahsulotlar almashinishi amalga oshirilgan, shu bilan birga konlardan xom-ashyo olish va konlar yaqinidagi ustaxonalarda ularga qayta ishlov berish, mahsulotlar tayyorlash boʻyicha oʻzaro tajriba almashish ham yuz bergan.


Download 58.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling