Konmetallurgiyasi


METALLURGIYA VA METALLURGIYA SANOATINI TASHKIL ETISH


Download 58.17 Kb.
bet3/4
Sana13.09.2023
Hajmi58.17 Kb.
#1676703
1   2   3   4
Bog'liq
Ergashev Soha iqtisodiyoti

METALLURGIYA VA METALLURGIYA SANOATINI TASHKIL ETISH
Metallurgiya deb, ruda va boshqa turdagi metall tarkibli materiallardan metall olish jarayonlarini oʼzida qamrab olgan fan, texnika va sanoat tarmogʼiga aytiladi. Metallurgiya geologiya, konchilik kishi, rudalarni boyitish, metallurgiyaning oʼzi va metallga ishlov berish (quymakorlik ishi, metallarga bosim ostida ishlov berish va b.) lardan iborat boʼlgan konchilik – metallurgiya sanoatining umumiy zanjirida markaziy boʼgʼin hisoblanadi.
B u vaqtda sof mis boʼlaklari nafaqat ochilib qolardi, balki yerish harorati yuqori boʼlmaganligi uchun yerib ketishi ham mumkin edi. Misning kislorodli birikmalari oson tiklanishi mumkinligi tufayli, qadimgi zargarlar misning tiklanish jarayonini kuzatishlari va undan maqsadli foydalanishlari ham mumkin edi. Metall buyumlarning yogʼoch va tosh buyumlarga nisbatan ancha qulayligi sababli metallarga boʼlgan talabning ortishi metallurgiya sanoatining taraqqiy etishi va ishlatilayotgan metallar sonining ortishiga olib keldi.
Qadimda oltin, kumush, mis, qalay, qoʼrgʼoshin, rux (latun koʼrinishida), temir, platina, simob, surma, mishyak kabi oʼn bir metall maʼlum boʼlgan. XVIII asr oxiriga kelib ularning soni 20 taga, XIX asr oxirida 50 taga yetdi. Hozirgi vaqtda 80 ga yaqin metall ishlab chiqarilmoqda va ishlatilmoqda.
Mehnat qurollari ishlab chiqarishda toshni oʼrniga ishlata boshlangan birinchi metall, mis hisoblanadi.
Misni tabiatda erkin holda, koʼpincha yirik boʼlaklar holida uchrashi buning asosiy sababi edi. Shuningdek sof oltin va meteorit temirning tabiatda erkin holda uchrashi insoniyat tomonidan bularning qisqa muddat ichida oʼzlashtirilishiga olib keldi. Inson hayotida metallarning oʼrni haqida turli tarixiy davrlarning nomlanishi (masalan, mis davri, bronza davri va temir asri) ham aytib turibdi. Ilk marta metall togʼ jinslarini parchalash, soʼng olovda qizdirish, shuningdek togʼ jinsini yorilib ketishi uchun suvda sovutish orqali olingan.
Metallarga boʼlgan talab yildan yilga oshmoqda. Fan, texnika, madaniyatning taraqqiy etishini mashina, mexanizm, asbob va boshqa metall asosidagi mahsulotlarsiz tasavvur qilib boʼlmaydi. Hozirgi sharoitda koʼpgina metallarning ishlab chiqarishini oshishiga atom energetikasi, kosmik texnika, tezkor aviatsiya, radioelektronika va kompyuter texnikasining rivojlanishi sabab boʼlmoqda. Metallar oʼrniga ishlatiladigan turli sintetik materallarning ishlab chikarish va ishlatilishining ortishi, faqatgina metall mahsulotlarni ularning mahsus fizik – kimyoviy, elektr, kimyoviy va boshqa xususiyatlarini inobatga olgan holda ishlatish kerakligini koʼrsatadi. Metallarning yer yuzida tarqalishi turlicha boʼlib, bir necha foizdan milliondan bir boʼlakkacha tengdir. Metallarning texnik ahamiyati nafaqat tabiatda tarqalishiga, balki ularni ishlab chiqarish imkoniyatlariga ham bogʼliq. Metallarni ishlab chiqarish imkoniyatlari, ayrim metallarni ishlab chiqarish miqdorini belgilaydi.
Metallar orasida choʼyan va poʼlat koʼrishida temir koʼp ishlab chiqiladi. Jahonda yiliga choʼyan ishlab chiqarish 600, poʼlat ishlab chiqarish esa 700 million tonnani tashkil etadi. Bu esa rangli metallar orasida eng keng tarqalgan alyuminiydan 100 marta ortiq hisoblanadi. Sanoati taraqqiy etgan mamlakatlarda rangli metallar ishlab chiqarish yiliga 30-35 million tonnani tashkil etadi. Bu mamlakatda rangli metallar ishlatilishi yillik ishlab chiqarish koʼrsatkichidan oʼrtacha 10 – 15% ga farq qiladi.
Metallurgiya sanoat tarmogʼi murakkab ishlab chiqarish kategoriyasiga kiradi. Metallurgik jarayonlarni amalga oshirishda qayta ishlanayotgan material koʼpgina fizik-kimyoviy oʼzgarishlar (barqaror boʼlmagan birikmalarning parchalanishi, turli kimyoviy taʼsirlar, yerish, bugʼlanish va b.) ga duch keladi. Fizika va kimyoning asosiy qoidalarini bilmasdan metallurgik jarayonlarni toʼgʼri boshqarib va rivojlantirib boʼlmaydi. Shuning uchun ham metallurgiya fizika, kimyo va ayniqsa fizikaviy-kimyo bilan bogʼliq. Fizikaviy-kimyo nazariy va amaliy metallurgiyaning asosi hisoblanadi.
MDH hududida rangli metallar ishlab chiqarish bir necha yuz yil ilgari paydo boʼldi. Аrxeologlar bir necha marta qazilgan kon izlarini Uralda, Markaziy Osiyoda topganlar. Maʼlumki, metall ishlab chiqarishni tezlashtirish, davlat va qadimgi jamiyatlarni rivojlantirishda muhim oʼrin tutadi. Yevroosiyo mamlakatlarining iktisodiy – tovar Buyuk Ipak yoʼli orqali kelgan jozibali taqinchoqlar va mahsulotlar pul koʼrinishida boʼlgan nodir metallarga tegishlidir. Nodir metallarga oltin, kumush, paltinoid metallar: ruteniy, rodiy, palladiy, osmiy, iridiy, platina kabi metallar kiradi.
Markaziy Osiyo Sharqning metallar ajratib olish, mahsulot hamda tangalar ishlab chiqaradigan yirik markazlaridan boʼlgan. Qadimgi Sugʼdiyona va Baqtriyaning aholisi yuqori madaniyatli boʼlib, metallar yeritish sirlari, zargarlik hunarlarini bilar va shugʼullanar edilar. Oltin juda ham qadimdan Аmudaryo va Zarafshon oraligʼida keng ishlatilar edi. Zarafshon daryosining nomi oʼzi tarjima qilganda «oltinli – oltin tashuvchi» maʼnosini beradi.


XULOSA
Ushbu mustaqil ishni bajarish davomida oʻrta osiyo xalqlari hayotida metallarning va metall buyumlarning ahamiyati haqida xabar beruvchi dastlabki yozma manbalar ashyolar tahlil qilinib ilmiy jihatdan asoslangan faktlar keltirilgan. Shu bilan bir qatorda moddiy va yozma manbalarning konchilik tarixini oʻrganishdagi ahamiyati oʻrni ochib berilgan. Ularda Sharq davlatlari bilan birga Oʻrta Osiyo haqida ham ma’lumotlar berilgan. Shuningdek mamlakatimizda bu sohadagi oʻzgarishlar, yutuqlar, ham tahlil qilinadi.
Darhaqiqat, Oʻzbekiston Oʻrta Osiyoda yer osti va yer usti boyliklariga boy boʻlgan mamlakatlardan biridir. Respublikamizda 100 dan ortiq ma’dan turlari boʻlgan 2700 dan ortiq konlar aniqlanganligi buning dalilidir. Ushbu yer osti boyliklari oʻzining kelajagini bunyod etgan davlatimizning qudratli iqtisodiyotiga tamal toshi boʻlib xizmat qilmoqda.



Download 58.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling