Konsepsiyasi


Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana22.01.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1109559
1   2   3   4   5
Bog'liq
madaniyat-sohasida-integratsion-ta-lim-klasteri-konsepsiyasi

Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar 
Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions 
Кластер педагогического образования: проблемы и решения 
Chirchik, Uzbekistan 1649 International Conference 
Integratsion ta‟lim klasteri zarurati: O„zbekiston Respublikasini 
rivojlantirish Harakatlar strategiyasining “Ijtimoiy sohani rivojlantirishning 
ustuvor yo„nalishlari” deb nomlangan 4-qismi 4.1. bandida yaqin besh yilda 
aholini ish bilan bandligi va real daromadlarini izchil oshirish, buning uchun esa 
“yangi ish o„rinlarini yaratish hamda aholining, eng avvalo, o„rta maxsus va oliy 
o„quv yurtlari bitiruvchilari bandligini ta‟minlash” [1.] kabi vazifalarni hal etish 
ko„zda tutilgan. Bu masalalarni bugungi mehnat bozor tamoyillari asosida hal 
etishda “ta‟lim-fan-ishlab chiqarish” innovasion hamkorligini amalga oshirish 
muhim masalalardan biri hisoblanadi. 
Ikkinchidan, O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyulda
“Oliy ma‟lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari 
va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi
PQ-3151-son qarori [2.] madaniyat sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy ta‟lim 
muassasalari oldiga madaniyat vazirligi tizimidagi muassasalarda nafaqat 
malakaviy 
amaliyoti balki, ta‟lim jarayonining amaliy, labaratoriya 
mashg„ulotlarini ijodiy ishlab chiqarish bilan birgalikda tashkil etish, shuningdek, 
ta‟lim yo„nalishlari davlat ta‟lim standartlari mazmunini madaniyat tizimidagi 
dolzarb muammolar yechimiga qaratish vazifasini qo„yadi.
Uchinchidan, jahon amaliyotida fan va ishlab chiqarish integrasiyasining eng 
asosiy texnik jihatlaridan biri texnopolislar, ilmiy parklar va texnoparklar 
hisoblanadi. Bularni o„zaro hamkorligi innovatsion jarayonlarni tashkil etishi 
uchun zaruriy sharoitlarni yaratishda, yangi turdagi sinov mahsulotlarini 
hamkorlikda ishlab chiqishga xizmat qiladi. Chunki, innovatsion loyihalarni 
amalga oshirishga kerakli jihozlar va moliyaviy resurslar bilan ta‟minlashda fan va 
ishlab chiqarish integratsiyasi muhim omil hisoblanadi. Natijada, ta‟lim, fan va 
ishlab chiqarish integratsiyasi innovatsion klasterlarni shakllanishiga xizmat qiladi.
Integratsiya - (lotincha. Integration -tiklash, toʻldirish, integer -butun 
soʻzidan olingan ) sistema yoki organizmning ayrim qismlari va funksiyalarining 
oʻzaro bogʻliqlik holatini hamda shunday holatga olib boruvchi jarayonni 
ifodalaydigan tushunchadir. Buni madaniyat ta‟limiga tatbiqi bevosita talim va 
madaniy ishlab chiqarish uyg‟unligini ifodalaydi.[3.]
Madaniyat sohasida integratsion ta'lim klasteri fan, ta'lim va ishlab chiqarish 
integratsiyasi asosida amaliy ta'lim jarayonlarini tashkil etish, madaniyat sohasida 
ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish asosida etnoregional xususiyatlarni 
o„rganish, ta'lim mazmunini boyitish, o„quv adabiyotlarini yangi avlodini yaratish 



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling