Konsepsiyasi
Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
madaniyat-sohasida-integratsion-ta-lim-klasteri-konsepsiyasi
Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar
Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions Кластер педагогического образования: проблемы и решения Chirchik, Uzbekistan 1651 International Conference To‟rtinchi muhit bu madaniyat sohasida ilmiy tadqiqot markazi bo‟lib, madaniyat sohasidagi oliy ta‟lim muassasalari ilmiy salohiyatini oshirish, madaniyat ta‟limini rivojlantirishning dolzarb masalalari atrofida intellektual resurslarni integrasiyalash, ta‟lim, fan va amaliyotning turli shakl va turlarini izlab topish va ta‟limga tatbiq etish, madaniyat sohasida tarbiyaviy faoliyat uzviyligini ta‟minlovchi mexanizmlarni takomillashtirishni qamrab oladi. Beshinchi muhit bu metodik xizmat bo‟lib, hududiy madaniyat muassasalariga metodik xizmatni tashkil etishni qamrab oladi. • Loyihani amalga oshirish mexanizmi quyidagicha bo‟ladi: • Klaster konsepsiyasini ishlab chiqish; • Klaster uchun etakchi muassasani tanlash; • Klaster subyektlarini shakllantirish; • Klaster faoliyati yo„nalishini belgilash; • Klaster tadqiqot ishlari; • Qo„llab-quvvatlash. Madaniyat ta‟limidagi talabalar, magistrantlar va doktorantlar amaliyot o„taydigan, ta‟limiy, ilmiy tadqiqotchilik, innovatsion va loyihalashtirish faoliyatini olib boradigan o„quv va tajriba eksperimental baza vazifasini o„taydigan madaniyat muassasalari; hamkorlikdagi ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shug„ullanayotgan va uni belgilaydigan ilmiy va ilmiy-metodik tuzilmalar, markazlar, ilmiy tadqiqot institutlari; madaniyat sohasidagi tashabbuskor jamoalar, jamoat birlashmalari, davlat va nodavlat tashkilotlari; madaniyat sohasidagi xorijiy oliy ta‟lim muassasalari va ilmiy markazlar klaster tizimida ishtirok etuvchi sub‟ektlar hisoblanadi. Integratsion ta‟lim klasteri ishtirokchilarini rag‟batlantirish integratsion ta‟lim faol ishtirokchisi bo„lgan va fanlarni a‟lo baholarga o„zlashtirgan talabalar uchun rektor stipensiyasini joriy qilish hamda ularni o„z mutaxassisligi bo„yicha magistraturaga imtiyozli qabul qilish, integratsion ta‟lim jarayonida ishlab chiqilgan ishlanmalarni chop etish va targ„ib qilish uchun oliy ta‟lim muassasalarida nashriyotlar tashkil etish, integratsion ta‟limda ishtirok etgan ishlab chiqarish muassasasi hodimlarining amaliyotga rahbarlik va boshqa turdagi o„quv faoliyati uchun haq to„lash tizimini joriy qilish shaklida rag‟batlantirilishi mumkin. Xulosa sifatida shuni alohida qayd etish joizki, integratsion ta‟lim klasteri nafaqat milli madaniyatni rivojlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish, balki madaniyat sohasida samarali ta‟limning ham kafolati bo‟la oladi. O‟z navbatida aholi turmush madaniyatining o‟sishiiga ham salmoqli hissa qo‟shadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling