Konsepsiyasining didaktik prinsiplari


 Masofaviy ta’limning didaktik ta’minoti


Download 125.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana21.11.2023
Hajmi125.1 Kb.
#1791622
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
portal.guldu.uz-Masofaviy ta`lim texnologiyalari (Ma`ruza mashg`ulot)

2.2. Masofaviy ta’limning didaktik ta’minoti 
Masofaviy o‘qitish o‘qituvchining o‘qitish jarayonidagi rolini yanada 
kengaytiradi va yangilaydi. Endi o‘qituvchi o‘zlashtirish jarayonini muvofiq- 
lashtirishi, yangiliklar va innovatsiyalarga mos ravishda o‘qtayotgan fanini 
muntazam mukammallashtirishi, saviya va ijodiy faoliyatini yanada 
chuqurlashtirishi talab etiladi. O‘qituvchi o‘quv materiallari va mazmunini
har bir talabaning shaxsiy xususiyatlari va qobiliyatlariga qarab
moslashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu albatta ta’lim samaradorligini 
oshishiga olib keladi. 
Shu sababli masofaviy ta’limning quyidagi asosiy xarakteristikasida 
ham ushbu omil o‘z o‘rnini topgandir: 
- kommunikativ tarkibiy qism va uning amalga oshirilishi
- o‘quv materiallarini yetkazish, uning tarkibini to‘g‘ri tanlash va 
asoslash; 
- o‘quv mazmunini talabaning shaxsiy xususiyatlari va 
qobiliyatlariga moslashuvchanligini ta’minlash tizimining mavjudligi. 
2.3. Masofaviy ta’limning ijtimoiy-pedagogik 
tizimini modellashtirish 
Masofaviy ta’limni rivojlanishi o‘quv jarayonini loyihalashga, uning 
sifatiga, masofaviy ta’lim asosida o‘qitishning barcha bo‘g‘inlari didaktik 
ta’minotini to‘g‘ri amalga oshirishga yuqori talablarni qo‘yadi. 


Masofaviy ta’limning didaktik ta’minoti deganda aniq fan yoki fan bo‘limi 
bo‘yicha MTning tizimli prinsipi asosida yaratilgan o‘quv-uslubiy majmua 
tushuniladi. 
O‘quv uslubiy majmualarni yaratishda birinchi navbatda
didaktikaning ma’lum prinsiplar tizimi (S.I.Arxangelskiy, Y.K.Babanskiy, 
V.I.Zagvyazinskiy, I.Y, Lerner, V.A.Slastenin, P.I.Pidkasistiy) hamda 
masofaviy ta’lim xususiyat-larini hisobga oluvchi omillari hisobga olinishi 
lozim. 
Masofaviy ta’limning o‘quv-uslubiy bazasini shakllantirishda
quyidagi prinsiplarni asosiy qilib olish maqsadga muvofiq hisoblanadi: 
 didaktik jihatdan foydaliligi; 
 ketma-ketlik va tizimlashganligi; 
modullilik
 ko‘p darajalilik; 
 kognitivlilik; 
 moslashuvchanlik; 
 nochiziq tarkib. 
Yuqoridagi prinsiplar ichida eng asosiysi didaktik foydalilik hisoblanadi, 
chunki boshqa prinsiplar bu prinsip asosida shakllanuvchi va uni 
to‘ldiruvchi prinsiplar hisoblanadi. 
Didaktik foydalilik-qo‘yilgan o‘quv maqsadga erishishda o‘quvchi 
shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik ta’minot xususiyatidir.Bu 
o‘quvchining psixofiziologik xususiyatlari va yoshini hamda bilimlar 
tizimining ijtimoiy faolligi talablarini hisobga olib, o‘quv mazmuni tarkibini 
shakllantirish imkoniyati bilan aniqlanadi. 
Masofaviy ta’lim didaktik ta’minoti tarkibi va tuzilishi yuqoridagi prin-
siplar asosida yaratilishi va amalga oshiriladigan masofaviy ta’lim 
texnologiyasi mazmunini belgilashi lozim. 
Didaktik ta’minotni yaratishda turli xil usullardan foydalaniladi. 
Didaktik ta’minot tuzilishining funksional asosini quyidagi ikki 
qismga ajratishimiz mumkin: mazmuniy va boshqaruvchi. 
Masofaviy 
ta’lim tizimida 
o‘qitish maqsadini samarali va 
kafo-latli ta’minlashning asosini o‘quv jarayoni modeli tashkil etadi. 
O‘quv jarayonini quyidagi 3 ta model bilan izohlash mumkin: 
 o‘qitish; 
 mashq qilish; 
 emotsional-intellektual muloqat. 


Masofaviy ta`lim o‘qituvchi bilan bevosita aloqani inkor qiladi. 
O‘qitish va emotsional-intellektual muloqat modeli o‘qituvchi dasturning 
asosi hisoblanmish ta’lim berish modeli bilan almashinadi. 
Masofaviy ta`lim o‘qitish modeli axborot-fan muhitidan iborat bo‘lib,
o‘z ichiga turli ko‘rinishdagi o‘quv materiallarini, o‘quv maqsadi-ning 
dasturiy ta’minotini hamda o‘quvchi faoliyatini boshqarish modelini oladi. 

Download 125.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling