Pauzalar
Qo„shiq yoki kuyning biron yerida tovushlarning to„xtashi yoki tanaffus
qilinishi zarur bo„lsa, maxsus musiqiy belgilar qo„llaniladi.
Bunday belgilar - pauza deb ataladi. Nota cho„zimlari har xil bo„lganidek
pauzalar ham turli cho„zimda bo„ladi. Ular nota cho„zimlari singari butun,
yarimtalik, choraktalik, sakkiztalik, o„n oltitalik, o„ttiz ikkitalik kabi ko„rinishlarga
ega bo„lib, ijro etilmay, balki ushbu cho„zimida sanaladi.
Butun pauza
Butun pauza to„rtinchi chiziqning ostida yoziladi, - «to„rt i…» (yoki, “to„rt
va…”) sanoi davomida yoki butun nota cho„zimida dam oladi.
Yarimtalik pauza
Yarimtalik pauza uchinchi chiziqning ustida joylashadi, - «ikki i» sanoi
davomida yoki yarimtalik nota cho„zimida dam oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |