Konservatoriyasi umumiy fortepiano
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Umumiy-fortepiano-mazhmua
5-6-машғулотлар
Товуш устида ишлаш Чолғуда товушни янада тиниқ, равшан ижро этиш. Жумла ва артикуляция.
Jirolamo Freskobaldining fa-major Tokkatasi (1628) kansonalarni ham o„z ichiga olgan tokkatalarning iIkkinchi kitobiga kiritilgan. Ushbu asarlar I.S.Bax davrigacha bo„lgan qadimgi italyan tokkatalarining namunasidir. Fa-major Tokkatasi uch qismli reprizali shaklda yozilgan bo„lib, polifonik rivojlanish usullari va musiqiy material rivojining badihaviy usullarini o„zida noyob tarzda muvofiqlashtirgan. Talabani Tokkata bilan tanishtirayotib, unda sur‟at va dinamik belgilarning yo„qligiga, o„lchovning tez-tez almashinuvi va bayon turiga e‟tiborni qaratish lozim. Tabiiyki, bularning barchasi pedagog oldiga bir qator vazifalarni qo„yadi, ularning muvaffaqiyatli yechimi esa asarning teran ijrochilik tahlili va shunga muvofiq ravishda o„zgacha ijro talqinidadir. Tokkata uchun sur‟at tanlash borasida bayonning polifonik uslubiga, erkin kanonik imitatsiyaga e‟tiborni qaratish lozim: Boshlang„ich melodik tuzilma ikkita o„zaro kontrast unsurlardan tashkil topgan: cho„zilgan tovush va naqshinkor figuratsion harakatni hosil qiluvchi qisqa cho„zimlardan. Bunday struktura dastlabki 10 takt davomida kuzatiladi, u nisbatan tugallangan kadentsiyali va cho„zilgan akkordli mustaqil bo„limni hosil qiladi. Tokkataning xarakteri barokko musiqasi uslubini aks ettiruvchi harakatli intiluvchan va nafis. Tokkataning ijro sur‟ati harakatchan, u qadar tez emas, ammo unchalik sekin ham emas. Bunda o„rganuvchi uzun va qisqa, qo„shilgan har bir tovushni hamda figuratsion hosilalarni yaxshi eshita olishi kerak. 2-misoldan boshlab o„lchov va faktura almashinuvi yuz beradi. Musiqiy material bayonining komplementar tamoyili turli mavzuli bayon bilan almashinadi: Bu yerda pastki ovoz birmuncha faol, uni alohida o„rganish uchun qulayroq applikaturani tanlash lozim. O„rta ovozda e‟tiborni punktir ritmga qaratish zarur, uni keskinlashtirmasdan, jarangni yumshatib chalish tavsiya etiladi. O„lchovning o„zgarishi ijrochidan agogik erkinlikni talab etadi. Ijroning metroritmik erkinligi qadimgi tokkatadek badihaviy shakllarga xos bo„lgan cho„zimdorlikni, to„xtamni, kichik sekinlashuvni, sur‟at tezligini nazarda tutadi. Barokko davri musiqa ijrochiligining yuksak virtuozlilik ifodasi bo„lgan har ikki qo„ldagi passajlar alohida qiyinchilik tug„diradi: Har ikki qo„ldagi passajlarni birmuncha sekin chalish tavsiya etiladi, shunda ular yaxshiroq ajralib, qo„llar epchilligi va bilak harakatining egiluvchanligini ilg„ash imkonini beradi. Passajning affektli ijrosi erkin, badihaviy kadension akkorddagi to„xtam bilan amalga oshirilishi zarur. Sur‟atning kadension sekinlashuvi asarning musiqiy shaklini yorqinroq ko„rsatishga yordam beradi. Musiqa shaklini his etishga shuningdek, cho„zimlarning yiriklashuvi yoki maydalashuvi ham sabab bo„ladi. Shunday qilib, tokkataning o„rta qismi cho„zimlarning yiriklashuvi, o„lchovning navbatdagi almashinuvi va
cho„zimlarning maydalashuvi bilan boshlanadi: J.Freskobaldining tokkatasi ritmik jihatdan nihoyatda rang-barangdir. Bunda punktirli figuralarni ham, sinkopalangan ritmlarni ham, triollar va duollarning o„zaro muvofiqlashuvini ham ko„rish mumkin. Bularning barchasi Tokkataning o„rta qismida turfa ko„rinishlarda namoyon etilgan bo„lib, unda kompozitor musiqa yozuvining polifonik texnikasini ajoyib tarzda namoyish qiladi: bu imitatsiyalar, intonatsion formulalar aylanmasi, rang-barang stretta kombinatsiyalaridir.
Asarning reprizasi dinamizatsiyalangan. U metroritmik jihatdan birmuncha erkin bo„lib, ovozlarining zichlashuvi bilan tavsiflanadi. J.Freskobaldi reprizaga musiqiy rivojni jonlantiruvchi jigasimon lavha kiritadi: Uni ijro etayotib, jonli, dinamik tokkataviy pulsni ta‟kidlab ko„rsatish, ijroning o„ta aniqligiga erishish zarur. Tokkataning ifodali ijrosiga ko„proq puxta o„ylangan artikulyatsiya orqali erishiladi. J.Freskobaldining tokkatasi ustida ishlash o„rganuvchining ham texnik, ham ijroviy jihatdan o„sishiga, uning intellektual rivojlanishiga yordam beradi. Mazkur Tokkatani o„rganish barokko davri kompozitorlari asarlaridagi cholg„u shakllarini tafakkur etish imkonini beradi.
Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling