Konservatoriyasi umumiy fortepiano
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Umumiy-fortepiano-mazhmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- TAYANCH IBORALAR
- II БОБ. НАЗАРИЙ МАТЕРИАЛЛАРИ
TOPSHIRIQLAR: 1. 1-semestrning 17-darsidan so„ng berilgan testlardan keyingi 10tasini yechig, savollarga javoblarni ARMda mavjud kitoblardan, yoki axborot tarmoqlaridan toping. 2. Musiqa nazariyasi xususida qaysi tillarda qanday adabiyotlar borligini o„rganing.
fermata, repriza, volta, nota cho„zimlari, ton va yarim ton, alterastiya
II БОБ. НАЗАРИЙ МАТЕРИАЛЛАРИ
Фортепиано фаннинг ўрни, унинг мақсади ва вазифалари. Ижрочилик махоратини ривожлантириш учун репертуарни танлаш.
Fortepiano musiqasi janrlarini o„rganish musiqiy ta‟limning barcha bosqichlaridagi dolzarb masaladir. Taqdim etilayotgan uslubiy qo„llanmada fortepiano pedagogikasida ilk bor sof fortepiano janri sanalgan, klavishli cholg„u tabiatini yanada yorqinroq namoyon etuvchi tokkata janri keng o„rganiladi. Kompozitorlar e‟tiborini bugungi kunda ham o„ziga jalb etayotgan mazkur janrning hayotiyligi ehtimol shundadir. Tokkata, ayniqsa O„zbekistonda sevimlidir, zero unda xalq cholg„ulari jarangining tembr xususiyatlari, jo„shqin hayot shiddati va turmush shodliklari har tomonlama aks ettiriladi. Фанning maqsadi – tokkata janri, uning tadrijiyoti (evolyutsiya) xususida imkon qadar yaxlit tasavvur hosil qilish va O„zbekiston pianinochilarining pedagogik amaliyotida qo„llaniladigan bu janrning birmuncha yorqin va namunaviy misollarini ko„rib chiqishdan iborat. Qo„yilgan maqsadga muvofiq ravishda muallif tomonidan ko„p yillik pedagogik va ijrochilik amaliyoti jarayonida to„plangan tajriba asosida musiqiy namunalarni tizimlashtirish vazifasi belgilangan. Mazkur ishda qiyinchiliklarning murakkablashuv darajasi emas, balki xronologik metod tanlangan. Bunday yondashuv talabalarda ijrochilik uslubi xususidagi yaxlit tasavvurni kengaytirish va ularda tarixiy ijrochilik uslubi hissini shakllantirish imkonini beradi. Shu munosabat bilan talabalarning umummadaniy va gumanitar eruditsiyasini boyituvchi musiqa asari - Tokkataning vujudga kelish va rivojlanish tarixi xususidagi ma‟lumotlarni qo„llanmaga kiritishni zarur deb bildik. Qadimgi klavir tokkatasi bo„limida polifonik va gomofonik-garmonik tafakkurni hamda syuita toifasidagi kontrast-tarkibli tuzilmani o„zida jamlagan - tokkata janrining sintetik tabiatiga urg„u berilgan. XIX va XX asrlar tokkatalari xususidagi bo„limda tokkatalarning virtuoz-etyudli xarakteri, ularning kontsert funksiyasi ta‟kidlanadi. Фанning 4-bo„limi o„ziga xos asarlarni namoyon etuvchi o„zbek fortepiano tokkatalariga bag„ishlangan. Unda musiqaning milliy xarakteri, hayotni optimistik ruhda idrok etilishi, musiqa san‟atining hayotiy kuchi yorqin ifodalangan. Фанning yakunlovchi uslubiy bo„limi tokkata janrini o„zlashtirish bo„yicha tavsiyalarni o„zida jamlagan. Taqdim etilayotgan bu uslubiy tavsiyalar tokkataning musiqiy shakli, musiqaning obrazli mazmunini o„rganishda, ijrochilik vazifalarini belgilab olishda va badiiy ifodaning ishonchli vositalarini topishda pedagog va talabalarga yordam beradi. Мажмуаda taqdim etilayotgan tokkatalarning turli xil qiyinchilik darajalari va talabalar tayyorgarligining bir xil emasligi, ularning iqtidori va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, muallif taklif etgan uslubiy yondashuv o„qituvchiga asarlarni batafsil o„rganishda, kontsert ijrochiligida va asar bilan umumiy tanishuvda ham erkin tanlash imkonini beradi. Ta‟kidlash joizki, taqdim etilayotgan qo„llanmada kompozitorlar tomonidan faqat tokkata yoki tokkatina deb nomlangan mustaqil asarlar ko„rib chiqiladi. Tokkata va fuga hamda shunga o„xshash turkumli shakllar, shuningdek, tokkata xarakteridagi pyesalar qo„llanmaga kiritilmadi, garchi taklif etilgan ishlash uslubi bunday asarlarda ham qo„llanilishi mumkin. Shunday bo„lsa-da, kontsert va o„quv dasturlaridan mustaqil asar sifatida mustahkam o„rin egallagan dasturli fortepiano turkumlaridagi ayrim tokkatalarning ommaviyligini va talab etilishini hisobga olib ularning ba‟zilarini qo„llanmaga kiritdik. Aziz talabalar! Tabiiyki, taqdim etilayotgan tokkata ustida ishlash metodlari yagona imkoniyatlar emas, zero fortepiano ijrochiligi va pedagogikasidagi ijodiy izlanishlar cheksiz va u muntazam ravishda takomillashib boraveradi. Shu ma‟noda mazkur qo„llanma sizlarga tokkatadek qiziqarli fortepiano janrini tafakkur etishda, izlanishlar natijasida o„z individual yo„llarini topishlarida yordam beradi, degan umiddam.
Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling