Konservatoriyasi umumiy fortepiano
meno mosso A-dur A-dur fis-moll A-dur A-dur
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Umumiy-fortepiano-mazhmua
meno mosso
A-dur A-dur fis-moll A-dur A-dur A-dur Tokkataning fis-moll bilan boshlanadigan uchinchi qismidan tashqari qolgan barcha qismlari asosiy tonallikda yozilgan, biroq uchinchi qism ham bir qator kichik og„ishmalar orqali A-dur tonalligiga keladiki, unda keyingi barcha rivojlanishlar kechadi. Tokkata A-dur tonalligini ta‟kidlovchi mikroprelyudiyaviy muqaddima bilan boshlanadi. To„laqonli tonika uchtovushligining davomli jarangidan so„ng Tokkataning o„zi vaqt-vaqti bilan figuratsion yozuv ila almashinib turuvchi motorli va zarbli tovush sadolari bilan boshlanadiki, unda G.Persell yozuvning rang-barang
5 Уэстреп Ж. Генри Перселл. Л., 1980, с.183 6 Друскин М. Клавирная музыка. Л., 1960, с.125 ixtiroviy texnikasini namoyon etgan. Tokkatani chalishni boshlayotib, “o„n oltitalik” cho„zimdagi pauza (to„xtam)ni his etish va tovush ravonligiga erishish zarur: Pyesada dinamik belgilar va applikatura qo„yilmagan, shu bois musiqaning uslubi va xarakteriga mos keluvchi dinamik belgilar spektrini belgilash va o„quvchiga ko„rsatib berish o„qituvchi ixtiyoriga havola etilgan. Terrasasimon dinamikani qo„llash ham mumkin, u klavir musiqasida forte va piano dinamikasiga mos keluvchi ikki klaviatura-manulali klavesinning texnologik qurilma xususiyatlari munosabati bilan qabul qilingan. Tokkataning tovush sadosi mukammal darajada ravon, o„ta aniq va ayni paytda aloqali bo„lishi kerak. G.Persell Tokkatasi ustida ishlashning ahamiyatli tomoni - gorizontal, linear tinglashni vertikal ovozlarni tinglash bilan bir vaqtda olib borishdadir. Tokkatani chalar ekan, o„quvchi gorizontal rivojlanish chizig„ini his etishi, va ayni paytda garmonik matoni tinglay olishi kerak. O„qituvchi Tokkata ustida ishlayotib, ijrochiga qadimgi klavir tokkatalarining tuzilish xususiyatlarini tushuntirib berishi, u (o„quvchi)ning e‟tiborini musiqiy-konstruktiv asosga qaratishi kerak. Shunday qilib, asarning birinchi bo„limi qadimgi sonata yoki syuita qismlariga monand tarzda o„ta aniq yakunlanadi. Tokkataning birinchi qismini yakunlayotib, nota matnidagi ishoralarga muvofiq tarzda mavzuni sekinlashtirish va kadentsiyani nihoyatda bo„rttirib, ahamiyatli qilib chalish zarur. G.Persell kadentsiyani ritmik jihatdan, asar bo„limining shaklini ta‟kidlagan holda, yiriklashtiradi. Bu yerda jarang to„laqonli va kuychan bo„lishi darkor: Yakunlovchi tonika akkordini nihoyatda yaxshi eshitish va faqat shundan keyingina pyesaning ikkinchi bo„limi Piu allegroni ishonch bilan, o„ta aniq tarzda boshlash lozim. U birovozli ko„rinishda o„ng qo„l partiyasida boshlanadi, ammo bu birovozlikda yashirin ikkiovozlik alomatlari aniq seziladiki, ularni eshita olish va ijro orqali ifodalash, taktning artikulyatsion kuchli hissasini ta‟kidlash lozim. Garmonik figuratsiyalarning o„ng qo„ldan chapiga o„tkazish tabiiy bo„lishi, musiqaning harakatlanayotgan umumiy oqimini buzmasligi kerak. U (oqim) Tokkataning bu bo„limida birmuncha jonli va intiluvchan bo„lib qoladi. Tokkataning ikkinchi qismidan uchinchisiga o„tish alohida e‟tibor talab qiladi, u figuratsiyalarning triolli toifasiga xos bo„lgan jiga xarakterida yozilgan. G.Persell jigaga o„tishni ritmik chizmalar almashinuvi yordamida, ajoyib tarzda amalga oshiradiki, bu almashinuvlar asnosida “o„n oltitaliklar” sur‟atning tobora sekinlashuvi bilan yangi mazmun ila to„ldiriladi va “o„n oltitaliklar” triollariga tabiiy ravishda aylanadi: E‟tirof etish joizki, G.Persell uchinchi qismda juda kam uchraydigan 18/16 o„lchovini qo„llaydi. Bu bo„lim parallel minorda, fis-moll tonalligida boshlanadi,
ammo tezlik bilan Tokkataning asosiy tonalligiga qaytadi. Ikkiovozlik ustun bo„lgan avvalgi bo„limdan farqli o„laroq, jigada G.Persell musiqiy matoni uch va to„rtovozliklardan foydalangan holda, ovozostilar bilan to„yintiradi. Rivojlanish jarayonida jigada musiqaning tokkataviy xarakteri ta‟kidlanadi, Tokkataning to„rtinchi “Subito piu adajio” qismi boshlanishiga olib keluvchi triollarning ostinatoli figuratsiyalarida jarangning motori va zarbi kuchayadi: Ushbu bo„lim musiqasi – lirik tuyg„ularning shoirona orolchasi nihoyatda ko„tarinki bo„lib, kantilenali jarangni, har bir tovushni tinglashni talab etadi. Bu yerda ijrochi nafis akvarel bo„yoqlarni topa bilishi, fakturaning barcha ovozlarining o„zaro bog„liqligini his etishi, Tokkataning beshinchi bo„limi “Tempo I”ga silliq o„tuvchi ularning shoirona lirik dialogini yetkazib berish zarurki, unda dastlabki shiddatkor tokkataviy harakat qayta tiklanadi. Tokkata, noan‟anaviy tarzda juda shaffof yangrab, asosiy tonallik uchun ladning III pog„onasi bo„lgan VI pog„onaga olib keluvchi mo„ljallagan dominanta tonalligiga og„ishma va sur‟atni sekinlashtirish orqali tayyorlangan “meno mosso”dagi nafis koda bilan yakunlanadi: Keyingi garmonik bo„yoqlar Tokkataga asarning oxirgi uch taktidagi “Adajio”ga tabiiy ravishda quyiluvchi lirik tuyg„uning maftunkorligi va nozikligini olib kiradi. G.Persellning A-dur Tokkatasi ijrochiga pianinochilik malakasi va badiiy didni rivojlantirishda boy manbani taqdim etadi. Pyesa kontsert-ijrochilik repertuarini yangilash va kengaytirishga intilgan yosh musiqachilar e‟tiborini jalb etishi kerak.
Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling