XVII asrning atoqli ingliz kompozitori
Genri Persellning (1659-1695) A-
dur Tokkatasi mazkur janrda yaratilgan qadimiy klavir p`yesasining yorqin
namunasidir. G.Persellning klavishli cholg„ular uchun yozgan asarlarini tavsiflar
ekan, ingliz tadqiqotchisi Jek Allen Uestrep shunday ta‟kidlaydi: “Ushbu asarlar
orasida eng buyugi – bu ijrochidan virtuoz texnikani talab qiluvchi shiddatkor lya-
major Tokkatasidir. Biroq u, Persell qalamiga mansubmi, degan savol ochiqligicha
qolmoqda. Britaniya muzeyida saqlanayotgan qo„lyozmalardan birida bu asar
muallifligi Mikelanjelo Rossiga tegishli deyiladi, va tan olish kerakki, Tokkata
G.Persellning boshqa klavishli cholg„ular uchun yozgan asarlaridan uslub jihatidan
farq qiladi”
5
. Klavir musiqasining tadqiqotchisi Mixail Druskin ushbu asarning
kelib chiqishi xususida shunday fikr bildirgan: “Tokkata uzoq vaqt I.S.Baxga
tegishli deyildi, faqat yaqindagina u qo„lyozmani o„zi uchun ko„chirib olish
maqsadida ingliz do„stlaridan olgani ma‟lum bo„ldi”
6
.
Har holda G.Persellga tegishli, deb tan olingan mazkur Tokkata italyancha
uslubda yozilgan bo„lib, I.S.Bax Tokkatalarida uchraydigan besh qismli
strukturaga ega. Bu esa uning I.S.Bax tokkata ijodiga ta‟siri xususida so„zlash
imkonini beradi, boz ustiga kompozitor asarni puxta o„rgangan edi. Asarda beshta
qism mavjud bo„lib, uning birinchi bo„limi tonikadagi mukammal kadentsiya bilan
yakunlanadi, keyingi bo„limlar esa biridan boshqasiga tanaffussiz o„tadi.
Tokkataning besh qismli kompozitsiyasi sxematik jihatdan quyidagicha
ko„rinishga ega:
I II III IV V koda
Allegro Piu allegro guasi Tempo I Subito piu adajio Tempo I
Do'stlaringiz bilan baham: