Konsitutsiya – ma`naviyatimiz taraqqiyotining omili
Download 42 Kb.
|
Konstitutsiyamiz
Konstitutsiyaning insonparvarlik mohiyati Konstitutsiya – nafaqat bugungi kunning qomusi, balki ertangi kunimiz, qurayotgan jamiyatimiz istiqbolini aniqlab beruvchi hujjat, farzandlarimiz yo`lini yoritib turuvchi mayoqdir...1 I. Karimov Biz yillar o`tgan sayin Konstitutsiyaning o`z hayotimizdagi, mamlakat ravnaqi, millat yuksalishidagi o`rni tobora teran anglamoqdamiz. Dunyoda bugun mustaqil davlatning erkin fuqarolari, ya`ni tenglar ichra teng ekanligimizni huquqiy asosi avvalo, qomusimizda belgilab qo`yilgan: “O`zbekiston - suveren demokratik respublika” ( 1- modda). Konstitutsiyamizning birgina shu moddasining o`ziyoq biz qurishni oldimizga maqsad qilib qo`ygan tuzum mohiyatini ochib berdi. Konstitutsiyamizning bosh ijodkori Prezidentimiz “Davlatimizning kelajagi, halqimizning taqdiri ko`p jihatdan Konstitutsiyamiz qanday bo`lishiga bog`liq”, deb ta`kidlagan edilar. Biz konstitutsiyamizning qanchalik mukammal yaratilganligini bugun mamlakatimizda kechayotgan ulkan ijobiy o`zgarishlar, ayniqsa, odamlar ongu – shuuridagi yangilanishlar misolida ko`rib turibmiz. Shu o`rinda birgina mulohaza: sobiq shurolar tuzumi xususiy mulkni inkor etib keldi. Tadbirkorlikning huquqiy asosi yaratilmagan, uning iqtisodiyot rivojlanishida muhim omil ekanligi tan olinmagan bo’lib, hatto bunday faoliyat qonunga xilof gatti harakat sifatida baholanar edi. Bugun esa mulkdor bo`lish O`zbekiston konsitutsiyasida insonning ajralmas huquqi ekanligi e`tirof etildi: “Har bir shaxs mulkdor bo`lishga haqli. Bankka qo`yilgan omonatlar sir tutilishi va meros huquqi qonun bilan kafolatlnadi” (36 – modda)2. Asosiy qonunimizning oliy nufuzi, benazir qadr -qimmati shundaki, u Inson uchun yaratildi, uning manfaatlariga xizmat qilmoqda, inson haq – huquqlari va erkinliklarini ustivor ta`minlash tamoyilini ongu – shuurimizga singdirmoqda. Unda davlat, davlat organlari va mansbdor shaxslarning jamiyat va fuqarolar oldidagi ma`sulligi mustahkamlangan (2 - modda). Shuningdek, O`zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko`ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha`ni, qadr – qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi (13 - modda). Zero, Konstitutsiya yaratilayotgan chog`da uning ijodkorlari “jamiki dunyoviy ne`matlar orasida eng ulug`i - insondir”, degan falsafadan kelib chiqib ish tutgan edilar. Xalqimiz Konstitutsiyadagi demokratik qadriyatlar va ilg`or g`oyalar orqali ma`rifiy dunyoni anglayotgan bo`lsa, dunyo Konstitutsiyamiz orqali xalqimiz tabiati va olijanob fazilatlarini anglamoqda. Asosiy qonunda o`zbekona odamiylik,insonparvarlik, bag`rikenglik, adolat va saxovatpeshalik xislatlari o`zining xuquqiy ifodasini topgan. Qomusimiz muqaddimasidayoq xalqimizning demokratiya va ijtimoiy adlat g`oyalariga sodiqligi va eng muxim maqsadlaridan biri - fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni ta`minlash ekanligi bayon tilgan Umuman olganda, asosiy qomusimz normalari mazmunida o`zbek xalqining boy ichki ma`naviy dunyosi, saxovti va qadimiy ulug`vor madaniyati, ochiq tabiati aks etgan. Zero, onalarga, ayollarga cheksiz xurmat, bolajonlik, yetimlarga muruvat va ularning boshini silash, mexr – shavqatlilik, oila mustaxkamligi uchun g`amxo`rlik, farzand tarbiyasi va sog`lom avlod uchun kurashish – bularning hammasi xalqimizning saxiy qalbini, ulug`vor saloxatli tabiatini namoyon etuvchi fazilatlardir.2 Shunday qilib, Konstitutsiya g`oyalari, tamoyil va qoidalarini xuquqiy tafakkurimiz xamda madaniyatimizning tarkibiy qismiga aylantirmoq - yurtimizda demokratik xuquqiy davlat barpo etishga puxta zamin yaratadi. Zero, bunday davlatchilikni qaror toptirish uning siyosiy - xuquqiy mafkurasini ijtimoiy ongimizga singdirishimizdan boshlanadi. Ana shu maqsadda yurtboshimiz boshlab bergan sa`i –hxarakatda faol ishtirok etmoq har birimizning Vatan saodati va ravnaqi yo`lidagi muqaddas burchimizdir. 1 Ҳуқуқ, право, law. 2001 yil. №2. 1-bet 2 Huquq Pravo Law 2001 yil 2 – son 11 bet. Download 42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling