Andijon mashinasozlik instituti Transport va logistika fakulteti YHTE yo’nalishi 40-22 guruh talabasi Abdinazarov Mirkomilning - Andijon mashinasozlik instituti Transport va logistika fakulteti YHTE yo’nalishi 40-22 guruh talabasi Abdinazarov Mirkomilning
- O’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan
- MUSTAQIL ISHI
OLIY MAJLIS REJA : - O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining qonun chiqarish jarayonidagi ishtiroki
- O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan qonun loyihalarini ko’rib chiqish va qonunlarni qabul qilish tartibi
- Oliy Majlis Senati tomonidan qonunlarni ko’rib chiqish va ularni maqullash tartibi
- Qonunni Senatning yalpi majlisida ko’rib chiqish
- Senat tomonidan kelishuv komissiyasi tuzish tashabbusi bilan chiqish tartibi
- Qonun Oliy Majlis Senati tomonidan qayta ko’rib chiqish
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining qonun chiqarish jarayonidagi ishtiroki - O`zbekiston Konstitutsiyasiga hamda mamlakat qonun chiqaruvchi oliy organning yuqori palatasi faoliyatini tartibga soluvchi konstitutsiyaviy qonunlar hamda boshqa huquqiy hujjatlarga muvofiq parlamentga saylov bo’lib o`tganidan keyin O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining besh yil muddatga 100 nafar senatordan iborat bo’lgan Senat shakllantiriladi.
- “Senat a’zolari (senatorlar) Qoraqalpolg`izton Respublikasi Jug`org`i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hikimyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo`shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo`li bilan Qoraqalpolg`izton Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda-olti kishidan saylanadi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining qonun chiqarish jarayonidagi ishtiroki - Senatning o`n olti nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo`lgan hamda alohida xizmat ko`rsatgan eng obro`li fuqarolar orasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi (“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senat to’g’risida” gi 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni 2-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari).
- Boshqacha qilib aytganda, quyi palata deputatlari O’zbekistondagi siyosiy partiyalardan ko`rsatilgan nomzodlar va mustaqil nomzodlar orasidan 120 ta saylov okrugida fuqarolar tomonidan bevosita saylanadi
- Ayni bir vaqtda fuqarolarning senatorlar saylovidagi ishtiroki bilvosita tarzda mahalliy vakillik hokimiyati organlari (Qoraqalpolg`izton Respublikasi Jug`org`i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari) deputatlari tomonidan saylash orqali amalga oshiriladi. Shuni ta’kidlash joizki, parlamentning quyi palatasiga 120 nafar deputatni saylash saylov okruglari bo’yicha ko’p partiyaviylik asosida, mahalliy vakillik organlari deputatlari saylovi bilan bir vaqtda o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |