Конституция тушунчаси ва унинг ривожланиши
Download 1.39 Mb.
|
Oliy majlis
Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektidan Qonunchilik palatasiga kelib tushgan va ko’rib chiqish uchun qabul qilib olingan qonun loyihasi parlament quyi palatasi Spiker tomonidan mas’ul qo’mitaga topshiriladi. Mas’ul qo’mita qonun loyihasini dastlabki tahlildan o’tkazish, baho berish va ishlab maromiga yetkazish kerak. Qonun loyihasini dastlabki tarzda muhokama etish va uni palata birinchi o’qishda ko’rib chiqishiga shu mas’ul qo’mita tomonidan amalga oshiriladi. Qo’mitaga a’zo deputatlar orasidan ishchi guruhi tuzish ham uning zimmasida. Mas’ul qo’mita shu bosqichda qonun loyihasi yuzasidan davlat organlari, tashkilotlar, mutahassislar va olimlardan tushgan takliflar va fikr-mulohozalarni umumlashtirib, o’z a’zolari orasidan ma’ruzachi tayinlaydi. Qo’mita majlisida qonun loyihasi qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti, o’z taklif va mulohazalarini yuborgan tashkilotlarning vakillari, shuningdek ommaviy axborot vositalari namoyondalari ishtirokida muhokama etiladi. Dastlabki tarzda ko’rib chiqish yakunlari asosida mas’ul qo’mita ishlab maromiga yetkazgan qonun loyihasini materiallar va o’zining xulosasi bilan birgalikda palata Kengashiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisi kun tartibiga kiritish uchun yo’llaydi.
Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling