Конституция тушунчаси ва унинг ривожланиши


Ma’lumki, qonun loyihasining qonun darajasida shakllanish yo’li ancha murakkab bo’lib, loyiha qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo’lgan quyidagi subyektlarnining biri tomonidan parlament quyi palata


Download 1.39 Mb.
bet5/10
Sana08.05.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1441520
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Oliy majlis

Ma’lumki, qonun loyihasining qonun darajasida shakllanish yo’li ancha murakkab bo’lib, loyiha qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo’lgan quyidagi subyektlarnining biri tomonidan parlament quyi palatasiga kiritilgan;

  • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • O’z davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpog’iston Respublikasi;
  • Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari;
  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
  • O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi;
  • O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi;
  • O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi;
  • O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori;

Ana shu zaylda kiritilgan huquqiy hujjat loyihasi Oliy Majlisning Qonunchilik palatasida qonunchilik jarayonining uchta bosqichidan o’tib, qabul qilinganidan keyin qonun maqomini oladi va ko’rib chiqishi uchun yuqori palataga yuboriladi

  • Ana shu zaylda kiritilgan huquqiy hujjat loyihasi Oliy Majlisning Qonunchilik palatasida qonunchilik jarayonining uchta bosqichidan o’tib, qabul qilinganidan keyin qonun maqomini oladi va ko’rib chiqishi uchun yuqori palataga yuboriladi

Mohiyat-e’tibori bilan qaralganda, Senat o’ziga kelib tushgan qonun ustida ish olib borayotganda quyi palata amal qilgan ayni o’sha prinsiplar asosisda ish tutadi. Lekin bundan o’ziga xos xususiyatlar ham yo’q emas.

  • Birinchidan, Senat qonun loyihasini emas, balki o’ziga kelib tushgan qonunni ko’rib chiqadi. Ikkinchidan, Senat qonunni bor holicha yo maqullaydi, yoki rad qiladi, binobarin uni mustaqil tarzda tahrir qila olmaydi, unga o’zgartishlar kirita olmaydi, matn mazmunini biron-bir tarzda o’zgartira olmaydi. Bu yo’sindagi ishlar tamomila Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi ixtiyoriga beriladi. Senat muayyan hollarda qonun moddalariga tuzatish va o’zgartishlar kiritishda ishtirok etish mumkin, lekin bu Qonunchilik palatasi bilan birgalikda ish olib borish yo’li bilan amalga oshadi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan qonun loyihalarini ko’rib chiqish va qonunlarni qabul qilish tartibi

  • O’zbekiston Respublikasi qonunchilik jarayoni quyidagi to’rtta asosiy bosqichdan iborat;
  • Qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan qonun loyihasini belgilangan tartibda Qonunchilik palatasi ko’rib chiqishiga kiritish;
  • Qonun loyihalarini quyi palata tomonidan uchta o’qishda ko’rib chiqilishi va qabul qilinishi;
  • Quyi palata tomonidan qabul qilingan qonunlarning Senat tomonidan ko’rib chiqilishi;
  • Oliy Majlis qabul qilgan qonunlarning Ozbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolanishi va e’lon qilinishi.
  • O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasiga muvofiq qonunchilik tashabbusi huquqining sakkiz subyektidan (O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, o’z davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpog’iston Respublikasi, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Oliy xo’jalik sud, Bosh prokuror) biri tomonidan qonun loyihasi dastavval Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga kiritiladi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling