Konstitutsiya baxtimiz qomusimiz
Download 106.5 Kb.
|
Konstitutsiya tadbir senariysi 2020
Qiz: Mustaqillik Ona-Vatanimizga o‘ziga xos chiroy, yangilanish baxsh etdi. Dunyo mamlakatlari orasida “Jannatmakon yurt” nomiga ega bo‘ldi.
Yigit: Ana shunday unutilmas tarixiy voqealardan biri 1992 yil 8 dekabrda o‘n ikkinchi chaqiriq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida mustaqil o‘zbekistan Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishidir. Bu sana tariximizga zarhal harflar bilan bitib qo‘yildi. Qiz: O‘zbekiston taraqqiyot yo‘lida bir necha yutuqlarni, yangiliklarni qo‘lga kiritib, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi, ya’ni rivojlangan suveren demokratik davlatni barpo etish masalasini hal qilib, o‘z yo‘lini tanlab bo‘ldi. Yigit: Demokratlashtirish jarayoni davlat hokimiyatining shunday tashkil etilishini nazarda tutadiki, u hokimiyatdagi barcha bo‘g‘inlarning uyg‘un faoliyati bilan ajralib turadi, qonunning ustunligi, fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini hal etishdagi faol ishtiroki orqali ularning huquq va erkinliklari kafolatini ta’minlaydi. Qiz: Mustaqil O‘zbekistonning Konstitutsiyasi, Prezidentimiz qayd etganidek, o‘zining tub mohiyati, falsafasi, g‘oyasiga ko‘ra yangi hujjatdir. Undagi g‘oya va prinsiplar fuqarolik jamiyatini va huquqiy davlatni shakllantirishga asos qilib olingan. Yigit: Asosiy Qomusimizda xalq hokimiyatining real omillari ko‘rsatib berilgan. Chunki hammamizga ma’lumki, davlatimizda amalga oshirilayotgan barcha ishlar, siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy islohotlarning hammasi xalq, inson manfaatlari, uning turmush tarzini yaxshilashga xizmat qiladi. Har bir kunimizning baxtli, dasturxonimiz to‘kin, xonadonimiz yopyg‘ bo‘lishining negizini tashkil etadi. Qiz: U inson qadr-qimmati, davlatning jamiyat manfaatlariga xizmat qilishi lozimligi to‘g‘risidagi ijtimoiy tafakkurining muhim yutuqlarini o‘zida mujassam-lashtirganligi besabab emas. Shuning uchun dunyodagi eng rivojlangan davlat ham, fuqaro ham o‘z qonuniy manfaatlarini, kelajagini Konstitutsiyasiz tasavvur eta olmaydi. Konstitutsiyamizni xalqimiz tafakkuri va ijodining mahsuli desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Download 106.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling