Ey ko’hna diyorim, ona
Toshkentim,
Tarixda
nomi Choch, gohi Shoshkentim!
Binkentu, Banokat, ko’zi yosh kentim,
Egilgan, sinmagan, boshi Toshkentim!
Poytaxtimsan, Toshkentim,
Bosh shahrimsan, bosh kentim!
Ikki
mingdan oshsa ham
Navqiron va yosh kentim!
Tarixlarda Shosh kentim,
Saxiy, serquyosh kentim.
Tengi yo’q, timsoli yo’q,
Toshkentimsan, Toshkentim!
7-o’quvchi: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 7-modda: Xalq davlat hokimyatining birdan-bir manbayidir.
Birnchi o’ringa qo’yib insonni,
Inson sharafiga baxsh etdi jonni.
Qonunlar
insonga qilmasa xizmat,
Qonunlar insonni etmasa izzat.
Qonun emas, dedi undayin qonun,
Qonunda Insondir zori Humoyun.
Davlatning sharafi,
shoni insondir,
Tanasi, yuragi, joni insondir.
1-boshlovchi: Konstitutsiya jahon andozasida yozilgan, ilg’or va takomillashgan Qomusdir. U huquqiy-demokratik davlatning eng asosiy qonuni hisoblanadi. Konstitutsiyamizning qanchalar
mukammal ishlab chiqilishi, mamlakatda amal qilinishi
2-boshlovchi: Ayniqsa, xalq manfaatlariga xizmat qilayotganligi yurt-doshlarimizning ertangi kuni porloqligidan dalolat beradi.
U mustaqillik, ozodlik va xalqparvarlik g’oyalari bilan sug’orilib, kelajakda O’zbekistonning buyuk davlatga aylanishini ta’minlashga qodirdir
2-boshlovchi: Endi dunyo mamlakatlari va ulardagi Konstitusiyalar haqida qiziqarli ma’lumotlar eshitsak. Marhamat.
1-o`quvchi: Bilasizmi Konstitutsiya so`zi lotincha “Constitutsio” so`zidan kelib chiqqan bo`lib tuzish, o`rnatish, belgilash degan ma’nolarni bildiradi.
2-o`quvchi: E’tibor bering Jahondagi dastlabki Konstitutsiyalar 1787-yilda Amerika Qo`shma
Shtatlarida, 1791-yili Fransiyada, 1831-yilda Belgiyada qabul qilingan.
3-o`quvchi:Ilk qabul qilingan va bugungi kunda ham amalda bo`lgan yagona Konstitutsiya esa Amerika qo`shma shtatlari Konstitutsiyasi hisoblanadi. U 1787-yilda qabul qilingan va ma’lumotlarga qaraganda bugungi kunga qadar 27 marta o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilgan.
4-o`quvchi:Bilasizmi Dunyodagi eng uzun Konstitutsiya 1950-yilda qabul qilingan Hindiston Konstitutsiyasidir. Ensiklopediyadagi ma’lumotlarga ko`ra hind diyorining bosh qomusi 149 ming dona so`zdan tashkil topgan ekan.
5-o`quvchi: Dunyodagi eng tinchlikparvar Konstitutsiya Yaponiya mamlakatiga ega. Amerika Qo`shma Shtatlar Konstitutsiyasida Demokratiya so`zi biror marta ishatilmagan ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: