Konstitutsiya va huquqiy davlat Asqarova Dilnavoz
Download 3 Mb.
|
Konstitutsiya va huquqiy davlat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konstitutsiya va qonunning ustunligi
- Qonunni yaxshi biladigan odamning do’sti – qonun.
- E’tiboringiz uchun rahmat
Konstitutsiya va huquqiy davlatAsqarova DilnavozMaqsad:1)Konstitutsiya va qonunning ustunligi2)O’zbekiston huquqiy davlat3)XulosaHuquqHUQUQ - davlat tomonidan belgilangan yoki tasdiqlangan umummajburiy ijtimoiy normalar tizimi. U huquqiy munosabatlar va fuqaroning davlat tomonidan mustahkamlanadigan, kafolatlanadigan va muhofaza etiladigan asosiy huquqlarini oʻz ichiga oladi. Huquq davlat boʻlib uyushgan jamiyatda paydo boʻladi va mulkchilik munosabatlarini, xoʻjalik aloqalari mexanizmini mustahkamlaydi, mehnat va uning mahsulotlarini jamiyat aʼzolari oʻrtasida muayyan oʻlchov va shakllarda taqsimlab turuvchi vazifasini oʻtaydi (fuqarolik huquqi, mehnat huquqi); vakolatli organlar, davlat boshqaruvi organlari shakllanishi, tartibi, faoliyatini belgilab beradi, nizolarni qay yoʻsinda hal qilish kerakligini, mavjud ijtimoiy munosabatlarni buzishga qarshi kurash choralarini (jinoyat huquqi, protsessual huquq) belgilaydi, shaxslar oʻrtasidagi munosabatlarning xilma-xil shakllariga taʼsir koʻrsatadi (oilaviy huquq).Konstitutsiya va qonunning ustunligiQonun ustuvorligi xalq hokimiyati va inson huquqlari tushunchalari bilan bevosita bog‘liq prinsipdir. Chunki xalq hokimiyati deganda fuqarolarning qarorlar qabul qilish jarayonida bevosita yoki bilvosita ishtirok etish huquqi tushuniladi. Shu ma’noda xalq irodasining ifodasi bo‘lgan, fuqarolarning parlamentga saylab qo‘ygan vakillari orqali yoki o‘zlari tomonidan bevosita referendum orqali qabul qilingan qonunlar xalq hokimiyatchiligining natijasi, majoziy qilib aytganda, mevasi hisoblanadi. Inson huquq va erkinliklari qonunlar vositasida hayotga joriy etiladi, aslida qonunlarning pirovard maqsadi ham inson, uning huquq va erkinliklarini himoya qilishdan iboratdir.Qonunni yaxshi biladigan odamning do’sti – qonun.Xurshid Do’stmuhammadO’zbekiston – huquqiy davlatO‘zbekiston bugun o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo‘ymoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar insonning sha’ni, qadr-qimmati, huquq va erkinliklari bundan buyon barcha sohalarda ustuvor ahamiyat kasb etishini qat’iy qoidaga aylantirish, bir so‘z bilan aytganda, «Inson qadri uchun» g‘oyasini hamda bugungi islohotlarning bosh tamoyili bo‘lgan «Inson – jamiyat – davlat» degan yondashuvni yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatiga chuqur singdirishni taqozo qilmoqda.Xulosa:Huquqiy davlat – insoniyatning ming yillar mobaynidagi mashaqqatli mehnati evaziga shakllangan taraqqiyot g‘oyasidir. Bunday davlat demokratik tamoyillar asosida qabul qilingan qonunlar oldida barcha teng va hisobdor bo‘lgan, hech kim qonundan ustun turmaydigan davlatdir.Bugun Yangi O‘zbekiston insonparvar, adolatli, erkin va xalqchil davlat qurish yo‘lida odimlamoqda. Shu maqsadda, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 1-moddasida «O‘zbekiston – huquqiy davlat» degan tamoyil mustahkamlanmoqda.E’tiboringiz uchun rahmatAsqarova DilnavozDownload 3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling