Konstitutsiya va qonunning ustunligi prinsipi
Download 21.72 Kb.
|
Konstitutsiya prinsipi
birinchidan, 1992 yilgi Konstitutsiya o‘zining tub mohiyati va falsafasi, maqsadlari va g‘oyalariga ko‘ra yangi hujjatdir;
ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi o‘zining ichki tuzilishi va yangi konstitutsiyaviy institutlari bilan ajralib turadi; uchinchidan, O‘zbekiston Konstitutsiyasi boshqa konstitutsiyalardan farqli o‘laroq, o‘ta mafkuralashtirish va siyosatlashtirish ruhi bilan sug‘orilmagan. Unda kommunistik mafkura, sinfiylik, partiyaviylikdan asar ham yo‘q; to‘rtinchidan, Konstitutsiyamiz jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilgan xalqaro huquq talab va qoidalariga javob beradigan tarzda tayyorlangan; beshinchidan, Konstitutsiyamiz jahon konstitutsiyaviy tajribasiga keng tayanishi va ijobiy tomonlardan atroflicha foydalanganligi bilan ham ajralib turadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi eng taraqqiy etgan mamlakatlar, xususan, AQSH, Turkiya, Fransiya, Germaniya Shvetsiya, Italiya kabi Farb davlatlari, ruhiyati va etnik jihatlardan bizga yaqin bo‘lgan Yaponiya, Misr, Hindiston va boshqa Sharq davlatlarining boy tajribasidan eng demokratik jihatlarini, insonparvarlik g‘oyalarini tarannum etuvchi xalqaro hujjatlarning talablarini o‘zida jamlagan; oltinchidan, Konstitutsiyamizni mustaqil davlatimiz ravnaqining huquqiy kafolati darajasiga ko‘taruvchi eng muhim belgi unda jahonning ilg‘or konstitutsiyaviy tajribasini milliy-ma’naviy va huquqiy qadriyatlarimizga, o‘zbek xalqining boy tarixiga uyg‘unlashtirilib qo‘llanilganidadir. Mustaqil davlatimizning 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyasi avvalgi Konstitutsiyalardan o‘zining yuridik mazmun va mohiyati jihatidan farq qilib, bu Konstitutsiyada davlatning mustaqilligi mustahkamlandi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy mohiyati – uning xalq manfaatlari uchun xizmat qiladigan, huquqiy demokratik davlat qurish asoslari belgilab berilganligidadir. Konstitutsiya me’yoriy-huquqiy aktlar jumlasiga kirib, qonunlarga xos bo‘lgan hamma belgilarga ega bo‘ladi. Konstitutsiya bu Oliy Majlis tomonidan qabul qilinadigan va hamma uchun umummajburiy kuchga ega bo‘lgan me’yoriy-huquqiy akt bo‘lib, jamiyat qurilishi xalq hokimiyatchiligi bilan bog‘liq bo‘lgan hamma ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Konstitutsiya oliy yuridik kuchga ega, ya’ni barcha oddiy qonunlar va boshqa me’yoriy-huquqiy aktlarga nisbatan ustunlikka ega, chunki qonunlar va boshqa me’yoriy-huquqiy aktlar Konstitutsiya normalariga muvofiq bo‘lishi shart. Konstitutsiya joriy qonunchilik uchun asos bo‘lib hisoblanadi va ularning xarakterini belgilab beradi. Download 21.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling