Konstitutsiya va qonunning ustunligi prinsipi


O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining Konstitutsiyaviy asoslari va prinsiplari


Download 21.72 Kb.
bet2/5
Sana19.01.2023
Hajmi21.72 Kb.
#1101813
1   2   3   4   5
Bog'liq
Konstitutsiya prinsipi

O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining Konstitutsiyaviy asoslari va prinsiplari.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy prinsiplari Konstitutsiyaning 17-moddasida o‘zining qonuniy aksini topgan.
Asosiy Qonunimizning 17-moddasida shunday deyilgan: "O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi.
Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin."
Tashqi siyosat tushunchasi davlatning xalqaro ishlardagi umumiy yo‘nalishi o‘z ichiga oladi. Tashqi siyosat davlatning boshqa davlatlar va xalqlar hamda xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro aloqalarini o‘z ichiga oluvchi maqsad va vositalarini qamrab oladi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston 120 dan ortiq davlat bilan diplomatik aloqalarni o‘rnatdi. Toshkentda 35ta davlat elchixonasi ochildi, 19ta davlat elchilari esa O‘zbekiston Respublikasida o‘rindoshlik asosida faoliyat yurgizadi. Respublikada 88 ta xorijiy vakolatxonalar akreditatsiyadan o‘tgan, 24 ta hukumatlararo va 13 ta hukumatlarga tegishli bo‘lmagan tashkilotlar faoliyat olib boradi. Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida jahon hamjamiyati tomonidan tan olindi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar.
Bizga ma’lumki, 1993 yil 28 dekabrda birinchi bor Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilgan bo‘lib, "O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida" gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida shunday deyilgan edi: “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 77-modda 1-qismidagi “150 nafar deputatdan” degan so‘zlar “deputatlardan” degan so‘z bilan almashtirilsin”. Konstitutsiyaviy qonun asosida 2003 yil 24 apreldagi "O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritildi. Jumladan, Konstitutsiyamizning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deb nomlangan XVIII bobi ilgari bir palatali parlamentga bag‘ishlangan bo‘lsa endilikda mazkur bobda ikki palatali parlament O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senati (yuqori palata)ga bag‘ishlangan.
Konstitutsiyaning 117-modda 2-qismida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisininng qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning Konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda-dekabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkaziladi. Saylovlar umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishincha qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar saylanganidan so‘ng bir oy ichida ular orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadilar” degan qoida mavjud.
O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 11 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 89-moddasiga, 93moddaning 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga tuzatishlar kiritilgan.
O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 77-moddasining birinchi qismga o‘zgartirish kiritilgan. Unga ko‘ra O‘zR Qonunchilik palatasining deputatlari soni qonunga muvofiq 150 nafar etib belgilandi. O‘zbekistan Respublikasinin Qonunchilik palatasi tomonidan 2011yil 4 martda qabul qilingan, Senat tomonidan 2011 yil 25 martda ma’qullangan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2011 yil 18 aprelda № URK – 284 imzolangan O‘zbekistan Respublikasi Qonunining 78, 80, 93, 96 va 98moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga ushbu o‘zgartish va qo‘shimchalar demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, davlat xokimiyatining uchta subyekti: davlat boshlig‘i — Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o‘rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta’minlash, shuningdek sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy isloxotlarni amalga oshirishda, mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning roli hamda ta’sirini kuchaytirish maqsadida kiritilmoqda.
2011 yil 18 aprel kuni qabul qilingan Konstitutsiyaviy qonunga ko‘ra Konstitutsiyasining quyidagi: 78-modda birinchi qismining 15-bandi, 80moddaning 6-bandiga, 93-modda birinchi kismiga, 8-bandiga, 12-bandiga, 15- bandiga, 96-moddaga, 98-moddaga tuzatish va qo‘shimchalar kiritildi,
O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 12 dekabrda qabul qilingan qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 90- moddasining ikkinchi qismiga tuzatish kiritilgan. “O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov berish yo‘li bilan besh yil muddatga saylanadi”.
O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 12 aprelda qabul qilingan qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan.
Eng so‘nggi o‘zgartirishlar esa 2017 yil mart, may va avgust oylarida kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga ushbu o‘zgartish va qo‘shimchalar hokimiyat va boshqaruv tizimini yanada demokratlashtirish, “Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari” prinsipi bosqichmabosqich amalga oshirilishini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining davlat hokimiyati organlari tizimidagi rolini, ichki va tashqi siyosatning strategik vazifalarini amalga oshirishdagi huquq va vakolatlarini kengaytirish, Vazirlar Mahkamasi hamda ijro etuvchi organlar faoliyati ustidan qonun chiqaruvchi oliy organning, hokimiyat vakillik organlarining nazorat funksiyalarini kuchaytirish, shuningdek hukumatning, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarini ro‘yobga chiqarish borasidagi masuliyatini oshirish maqsadida kiritilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatining bo‘linish prinsipi asosida, davlat organlari tizimi va ularning tashkil etilish tamoyillari, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Oliy Majlisi Palatalari vakolatlari majburiyatlari, vazifalarini va buning barobarida boshqa davlat organlari tizimidagi faoliyat yo‘nalishlarini o‘zida belgilab bergan alohida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi va undan keyin Konstitutsiya va tegishli qonunlarni qabul qilish yoki o‘zgartirish, tuzatishlar kiritish masalalarini hal etish tartibining belgilanganligi, Oliy Majlis oldida turgan maqsadni reja asosda mukammalligini ta’minlangan holda, amalga oshirish uchun sharoit yaratib beradi. Shunday qilib, Konstitutsiyaga o‘zgartirish hamda tuzatishlar kiritish zaruriyatining paydo bo‘lishi davlat va jamiyatning rivojlanishida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish borasidagi huquqiy islohotlarning amaliy natijasi bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qoidalari xamisha ustivor, birlamchi kuchga egadir. Boshqa qonunlarning barchasi u yoki bu tarzda konstitutsiyaviy me’yorlar asosida yaratiladi, uni rivojlantiradi va ro‘yobga chiqaradi. Uning asosida me’yoriy – huquqiy hujjatlar ishlab chiqiladi. Mamlakatimiz Konstitutsiyasi kuchli axloqiy zaminga egadir. Unda avvalo insonparvarlik, adolat g‘oyalari mustahkamlab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning “insonga qaratilganligi” xususiyatini alohida ajratib ko‘rsatish lozim. Konstitutsiyaning markazida inson, fuqaro, uning huquqlari va qonuniy manfaatlari turadi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek: “Endilikda inson, uning hayoti, erki, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquq xamda erkinliklari muqaddas sanalib, ular davlat tomonidan kafolatlanadi”.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi o‘z maqomi, tuzilishi, yo‘nalishi hamda asosiy tamoyillari, yaxlit mundarijasiga, ya’ni muqaddimasidan boshlab so‘nggi moddasiga qadar mustaqillik va istiqlol ruxi, demokratik tamaddun mazmuni bilan ajralib turadi. Shu o‘rinda aytish o‘rinliki, demokratik huquqiy davlat qurish xamda jamiyatni umuminsoniy qadriyatlar asosida tashkil etishda shubhasiz Konstitutsiyaning tutgan o‘rni va ahamiyati beqiyos ekanligini e’tibordan qoldirmaslik zarur. Mazmun mohiyati bilan huquqiy demokratik davlatda hech bir fuqaro, hech bir odam o‘z ijtimoiy-shaxsiy hayotini, o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni Konstitutsiyasiz tasavvur qila olmaydi. Shuning uchun ham biz O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini chuqur bilishimiz, oldimizda turgan muammolarni yechishda davlatning Asosiy qonunidan javob topishga intilishimiz lozim.
Mustaqil O‘zbekistonning Konstitutsiyasi kelajagi buyuk davlatning ishonchli huquqiy kafolatlarini mustahkamlaydi. U bizga inson huquqlari, demokratiya, erkinlik, barqarorlik va taraqqiyot tamoyillari yig‘indisini ifodalaydigan huquqiy va adolatli davlat qurish yo‘llarini aniq ifoda etgan va xalq manfaatlarini himoya qiluvchi eng oliy qonun sifatida doimiy yo‘lchi yulduz bo‘lib xalqimiz borayotgan yo‘lni yoritib boradi.
Asosiy Qonunimizning oldingi qonunlardan va boshqa davlatlarning Konstitutsiyalaridan ajralib turadigan o‘ziga xos jihatlari quyidagilardan iborat:

Download 21.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling