Konstitutsiyaviy huquq kazus javoblari
Download 304.6 Kb.
|
Konstitutsiyaviy huquq kazus javoblari-fayllar.org
Ikkinchisi, partiyaning Qonunchilik palatasiga va davlat hokimiyatining boshqa vakillik organlariga saylovda ishtirok etishini davlat tomonidan moliyalashtirish bilan bogliqdir. Partiyaning Qonunchilik palatasiga saylovda qatnashishini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablaglari shu partiyadan Qonunchilik palatasi deputatligiga korsatilgan nomzodlar Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan royxatga olingandan keyin royxatga olingan nomzodlar soniga muvofiq hajmda siyosiy partiyaning hisob-kitob varagiga belgilangan tartibda otkaziladi.Partiyalarning Qonunchilik palatasiga va davlat hokimiyatining boshqa vakillik organlariga saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish belgilangan tartibda faqat ana shu maqsadlar uchun ajratiladigan davlat mablaglari hisobidan amalga oshiriladi hamda partiyalarni saylovda boshqa mablaglar hisobidan moliyalashtirish va moddiy jihatdan ozgacha tarzda qollab-quvvatlash qonun bilan taqiqlanadi.Qonunchilik palatasiga saylovda siyosiy partiyalarning ishtirok etishini moliyalashtirish uchun ajratilgan davlat mablaglari siyosiy partiya tomonidan saylov-oldi korgazmali tashviqot vositalarini nashr qilishga, Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarning televidenie, radio orqali va boshqa ommaviy axborot vositalarida chiqishlari, saylovchilar bilan uchrashuvlari, ularning ishonchli vakillari va bevosita saylov okrugida saylovoldi tashviqotini otkazish uchun jalb qilinadigan boshqa faollar ishini tashkil etish hamda saylov kampaniyasini otkazishga doir umumpartiyaviy tadbirlarga sarflanadi.
Uchinchisi, Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiya fraksiyalarining faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirishni qamrab oladi. Bunda fraksiyalarning faoliyatini tashkiliy, texnikaviy jihatdan va boshqa tarzda ta`minlash uchun ajratiladigan davlat mablag`lari Qonunchilik palatasining xarajatlar smetasida nazarda tutiladi.Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish manbalaridan yana biri bu partiyalarga beriladigan xayriya yordamidir. Qonunga ko`ra, partiya xayriya yordamini faqat O`zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari (chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalar bundan mustasno) va fuqarolaridan pul shaklida hamda mol-mulk berish, xizmatlar ko`rsatish, ishlar bajarish tarzida va faqat ustavda nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish uchun olish huquqiga ega.Qonunda partiyalarga xayriya yordami berishda ma`lum bir cheklashlar mavjud. Xususan, partiyalarga chet davlatlar, chet davlatlarning yuridik shaxslari, ularning vakolatxonalari va filiallari, xalqaro tashkilotlar, ularning vakolatxonalari va filiallari, chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalar, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo`lmagan shaxslardan pul mablag`lari shaklidagi, mol-mulk berish, xizmatlar ko`rsatish, ishlar bajarish tariqasidagi xayriya yordami berilishiga yo`l qo`yilmaydi. Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, diniy tashkilotlar va nomi yashirilgan yoki faqat taxallusi ko`rsatilgan shaxslar tomonidan siyosiy partiyalarga pul mablag`lari shaklida, mol-mulk berish, xizmatlar ko`rsatish, ishlar bajarish tarzida xayriya yordami berilishiga ham yo`l qo`yilmaydi. O`zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to`g`risida”gi Qonuniga muvofiq, siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun davlat mablag`larini olish va ulardan foydalanish tartibini belgilash maqsadida 2005 yil 16 martda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirish tartibi to`g`risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilingan. Mazkur qaror bilan qonunda belgilangan normalarning mexanizmi kengroq ochib berilgan. 10. Bir guruh deputatlar tomonidan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga yangi qonun loyihasini taqdm etadilar. Qonun loyihasiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasining reglamentiga o`zgartirishlar kiritish nazarda tutilgan bo`lib, unga ko`ra Qonunchilik palatasi Kengashiga yangi qo`mitalar tuzish, vaqtinchalik komissiyalar tuzish huquqi berilgan, Qonunchilik palatasining qo`mitalari esa Qonunchilik palatasi nomidan muayyan masalalar bo`yicha qarorlar qabul qilish huquqiga ega edi. Qonun loyihasi tashabbuskorlarining fikricha, ushbu amaliyot xorijiy mamlakatlar parlamentlarida keng tarqalgan bo`lib, quyi palata faoliatini optimallashtirish va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Download 304.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling