Konstitutsiyaning yuridik mazmuni
Konstitutsiyalarning yuridik mazmuni uning tarkibini tashkil etuvchi normalarda ifodalanib, ushbu konstitutsiyaviy normalar shaxs, jamiyat va davlat uchun muhim ahamiyatga ega bo`lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yuridik mazmunini quyidagi konstitutsiyaviy normalar tashkil etadi:
a) qonun chiqaruvchi;
b) ijroiya;
v) sud organlari faoliyatini konstitutsiyaviy asoslarini yaratuvchi;
Fuqarolik jamiyati asoslarini tashkil etuvchi;
Tashqi siyosat asoslarini tashkil qiluvchi;
Moliya, mudofaa, xavfsizlik masalalarini tashkil etuvchi;
Inson huquqlari va erkinliklarini tartibga soluvchi normalar;
Bugungi kunga kelib Konstitutsiyalarning konstitutsiyaviy tartibga solish predmeti doirasining kengayib borishi esa hozirgi zamon Konstitutsiyalariga xos alohida xususiyat sifatida e`tirof etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |