Konstitutsiyaviy huquqning ilmiy-amaliy muammolari
Konstitutsiyaning funktsiyalari
Download 25.71 Kb.
|
ON
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konstitutsiyaning tuzilishi
- Konstitutsiya loyihalarini tayyorlash
Konstitutsiyaning funktsiyalari
Konstitutsiya ijtimoiy hayotning barcha sohalariga bevosita ta`sir ko`rsatadi. Shu sohalarga qarab Konstitutsiyaning quyidagi turli funktsiyalarini ko`rsatish mumkin. Yuridik funktsiyalari - huquqning asosiy manbai. Siyosiy funktsiyalar davlat hokimiyatining tashkil etilishining asoslarini o`rnatadi; Mafkuraviy funktsiyalar jinoyatning eng asosiy ma`naviy-g`oyaviy qadriyatlarini mustahkamlaydi. Konstitutsiyaning tuzilishi Ko`pchilik Konstitutsiyalar muqaddima, asosiy normativ qism va yakunlovchi qismdan iborat bo`ladi. Muqaddima qismida jamiyat va davlat taraqqiyotining asosiy bosqichlari hamda rivojlanish istiqbollari ko`rsatib beriladi. Asosiy qism bo`lim, bob va moddalardan tashkil topadi. Masalan, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Muqaddima, olti bo`lim, 26 bob va 128 moddadan iborat. Yakunlovchi qism esa davlat hokimiyatining davomiyligini ta`minlashga qaratilgan bo`ladi. Ayrim Konstitutsiyalarda ularga kiritilgan qo`shimchalar xajmi juda katta bo`ladi. Ba`zi konstitutsiyalarda esa ilovalar ham bo`ladi. Konstitutsiya loyihalarini tayyorlash Konstitutsiya loyihalari turli davlatlarda turlicha tayyorlanadi. Konstitutsiya loyihalarini tayyorlashning quyidagi usullarini ko`rsatish mumkin. Loyiha maxsus konstitutsiyaviy komissiya tomonidan tayyorlanadi. Loyihalar siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalari tomonidan taqdim etiladi. Loyiha parlament yoki hukumat tomonidan tayyorlanadi. Masalan, Frantsiyaning sobiq Prezidenti De Gall` Frantsiyaning o`sha paytdagi Konstitutsiyani tayyorlashda keng ishtirok etgan. Loyihani tayyorlashda sobiq mustamlaka qiluvchi mamlakatlar faol ishtirok etadi. Masalan, Buyuk Britaniya o`zining sobiq mustamlaka davlatlarida ularning Konstitutsiyalarini tayyorlashda qatnashgan. Loyiha Konstitutsiyaviy ta`sis majlisi tomonidan tayyorlanadi. Bunga Italiya (1947 yilgi), Braziliya (1988 yilgi), Rossiya (1993 yilgi) Konstitutsiyalari misol bo`la oladi. Download 25.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling