Konstitutsiyaviy qonunining loyihasi oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/42
Sana06.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1693477
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
Yangi konstitutsiya matni.pdf

IV bob. Tashqi siyosat 
17-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning toʻla huquqli 
subyektidir. 
Oʻzbekistonning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi,
kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning buzilmasligi, 
davlatlarning hududiy yaxlitligi, nizolarni tinch yoʻl bilan hal etish, boshqa 
davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik prinsiplariga hamda xalqaro 
huquqning umumeʼtirof etilgan boshqa prinsiplari va normalariga asoslanadi. 



18-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasi davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ikki
va koʻp tomonlama munosabatlarni har taraflama rivojlantirishga qaratilgan 
tinchliksevar tashqi siyosatni amalga oshiradi. 
Oʻzbekiston Respublikasi davlatning, xalqning oliy manfaatlaridan, uning 
farovonligi va xavfsizligidan kelib chiqqan holda ittifoqlar tuzishi, 
hamdoʻstliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi hamda ulardan 
chiqishi mumkin. 
IKKINCHI BOʻLIM. INSON VA FUQARONING ASOSIY
HUQUQLARI, ERKINLIKLARI VA BURCHLARI 
V bob. Umumiy qoidalar 
19-modda. 
Oʻzbekiston 
Respublikasida 
insonning 
huquq 
va 
erkinliklari
xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan normalariga binoan hamda ushbu 
Konstitutsiyaga muvofiq eʼtirof etiladi va kafolatlanadi. Inson huquq
va erkinliklari har kimga tugʻilganidan boshlab tegishli boʻladi. 
Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq
va erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib 
chiqishi, ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar. 
Imtiyozlar faqat qonunga muvofiq belgilanadi va ijtimoiy adolat 
prinsiplariga mos boʻlishi shart. 
20-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan oʻzaro 
huquq va majburiyatlar bilan bogʻliqdir. 
Insonning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qoʻyilgan huquq va 
erkinliklari daxlsizdir hamda ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni 
cheklab qoʻyishga hech kim haqli emas. 
Insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qiladi. Insonning huquq
va erkinliklari qonunlarning, davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi 
boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining mohiyati va 
mazmunini belgilaydi. 
Davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qoʻllaniladigan huquqiy 
taʼsir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda 
tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli boʻlishi kerak. 
Inson bilan davlat organlarining oʻzaro munosabatlarida yuzaga keladigan 
qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi. 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling