Konstitutsiyaviy qonunining loyihasi oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida


BIRINCHI BOʻLIM. ASOSIY PRINSIPLAR


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/42
Sana06.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1693477
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
Yangi konstitutsiya matni.pdf

BIRINCHI BOʻLIM. ASOSIY PRINSIPLAR 
I bob. Davlat suvereniteti 
1-modda. 
Oʻzbekiston – boshqaruvning respublika shakliga ega boʻlgan suveren, 
demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat.
Davlatning “Oʻzbekiston Respublikasi” va “Oʻzbekiston” degan nomlari 
bir maʼnoni anglatadi. 
2-modda. 
Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi.
Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida masʼuldirlar. 
3-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasi oʻzining milliy-davlat va maʼmuriy-hududiy 
tuzilishini, davlat hokimiyati organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi 
siyosatini amalga oshiradi. 
Oʻzbekistonning davlat chegarasi va hududi daxlsiz va boʻlinmasdir. 
4-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili oʻzbek tilidir. 
Oʻzbekiston Respublikasi oʻz hududida istiqomat qiluvchi millat
va elatlarning tillari, urf-odatlari va anʼanalari hurmat qilinishini taʼminlaydi, 
ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. 
5-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan oʻz davlat
ramzlari – bayrogʻi, gerbi va madhiyasiga ega. 
Davlat ramzlari davlat himoyasidadir. 
 
6-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasining poytaxti – Toshkent shahri. 



II bob. Xalq hokimiyatchiligi 
7-modda. 
Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir. 
Oʻzbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini koʻzlab 
va Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan 
qonunlar vakolat bergan organlar tomonidangina amalga oshiriladi. 
Konstitutsiyada 
nazarda 
tutilmagan 
tartibda 
davlat 
hokimiyati 
vakolatlarini oʻzlashtirish, hokimiyat organlari faoliyatini toʻxtatib qoʻyish yoki 
tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga 
xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos boʻladi. 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling