31
111-modda.
Qonunchilik palatasi yoki Senat tarkibida
ularning normal faoliyatiga
tahdid soluvchi hal qilib boʻlmaydigan ixtiloflar yuz berganda yoxud ular bir
necha marta Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga zid qarorlar qabul
qilgan
taqdirda, shuningdek Qonunchilik palatasi bilan Senat oʻrtasida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining normal faoliyatiga tahdid soluvchi
hal qilib boʻlmaydigan ixtiloflar yuz berganda Oʻzbekiston
Respublikasi
Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi bilan bamaslahat
qabul qilgan qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasi, Senati tarqatib yuborilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasi, Senati
tarqatib yuborilgan taqdirda yangi saylov uch oy mobaynida oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati
favqulodda holat amal qilishi davrida tarqatib yuborilishi mumkin emas.
112-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti oʻz vazifalarini bajara
olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uch oy
muddat ichida qonunga toʻliq muvofiq holda Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti saylovi oʻtkaziladi.
113-modda.
Vakolati tugashi munosabati bilan isteʼfoga chiqqan Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenti umrbod Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senati
aʼzosi lavozimini egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: