10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari:
bir oylik muddatda ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi Oʻzbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining matni qayta nashr etilishini va koʻp
nusxada
bosilishini taʼminlasin;
ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi Oʻzbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasining mohiyati va ahamiyatini
keng jamoatchilikka, ayniqsa,
yoshlarga yetkazish va tushuntirish boʻyicha kompleks
choralarni ikki oylik
muddatda ishlab chiqsin hamda ularning amalga oshirilishini taʼminlasin;
qonunchilikni ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi Oʻzbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqlashtirish boʻyicha
chora-tadbirlar
dasturi ijrosini har chorakda koʻrib borsin.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy
sudi odil sudlovni amalga
oshirishda sudlar tomonidan konstitutsiyaviy normalar toʻgʻri
va bir xilda
qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida barcha instansiya
sudlari tomonidan
ishlarni koʻrib chiqishning ushbu Konstitutsiyaviy
Qonun tahriridagi
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalarini toʻgʻridan toʻgʻri amal
qiluvchi hujjat sifatida qoʻllash yuzasidan yagona sud amaliyoti toʻgʻrisidagi
Oliy sud Plenumi qarorini uch oylik muddatda
qabul qilsin.