Konstitutsiyaviy qonunining loyihasi oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida


XXVI bob. Moliya, pul va bank tizimi


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/42
Sana08.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1341644
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
konstitutsiya uz

XXVI bob. Moliya, pul va bank tizimi 
147-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasi oʻzining yagona moliya, pul va bank
tizimiga ega. 
148-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti respublika byudjetidan
Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan iboratdir. 
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetini shakllantirish hamda ijro 
etish tartib-taomillari ochiqlik va shaffoflik prinsiplari asosida amalga oshiriladi. 
Fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlari Oʻzbekiston Respublikasi 
Davlat byudjetining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan jamoatchilik 
nazoratini amalga oshiradi. 
Fuqarolarning hamda fuqarolik jamiyati institutlarining byudjet 
jarayonida ishtirok etishi tartibi va shakllari qonun bilan belgilanadi. 
149-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qiladi. 
Soliqlarni joriy qilish huquqi Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisiga 
tegishlidir. 
150-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasining pul birligi soʻmdir. 
Soʻm 
Oʻzbekiston 
Respublikasining 
butun 
hududida 
yagona 
cheklanmagan qonuniy toʻlov vositasidir. 
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasining 
hududida qonuniy toʻlov vositalari sifatida pul belgilarini muomalaga kiritishda 
va ularni muomaladan chiqarishda mutlaq huquqqa egadir. 
151-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimi Oʻzbekiston Respublikasi 
Markaziy bankidan va banklardan iboratdir. 
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit va valyuta siyosatini 
ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mamlakatda banklar faoliyatini 
tartibga solishni amalga oshiradi, bank va toʻlov tizimlarining barqaror faoliyat 
koʻrsatishini taʼminlaydi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oʻz vazifalarini bajarishda 
mustaqildir. 
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tashkil etish 
tartibi qonun bilan belgilanadi. 


43 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling