Konstitutsiyaviy qonunining loyihasi oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/42
Sana08.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1341644
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   42
Bog'liq
konstitutsiya uz

100-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
oʻz tarkibidan Qonunchilik palatasining Spikeri va uning oʻrinbosarlarini 
saylaydi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri
va uning oʻrinbosarlari yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining 
koʻpchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining vakolati muddatiga saylanadi. 
Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Oʻzbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri boʻlishi mumkin 
emas. 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri
va uning oʻrinbosarlari yashirin ovoz berish orqali Qonunchilik palatasi 
deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan koʻprogʻining ovozi bilan 
qabul qilingan Qonunchilik palatasi qaroriga binoan muddatidan ilgari chaqirib 
olinishi mumkin. 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri: 
1) Qonunchilik palatasining majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi
2) Qonunchilik 
palatasi 
muhokamasiga 
kiritiladigan 
masalalarni 
tayyorlashga umumiy rahbarlik qiladi


26 
3) Qonunchilik palatasi qoʻmitalari va komissiyalarining faoliyatini 
muvofiqlashtirib boradi; 
4) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining va Qonunchilik palatasi 
qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi; 
5) parlamentlararo aloqalarni amalga oshirish ishlariga hamda xalqaro 
parlament tashkilotlari ishi bilan bogʻliq Qonunchilik palatasi guruhlarining 
faoliyatiga rahbarlik qiladi; 
6) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati, boshqa davlat 
organlari, chet davlatlar, xalqaro va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro 
munosabatlarda Qonunchilik palatasi nomidan ish koʻradi; 
7) Qonunchilik palatasi qarorlarini imzolaydi; 
8) ushbu Konstitutsiya va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa 
vakolatlarni amalga oshiradi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri 
farmoyishlar chiqaradi. 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling