Sanoat binolarining 85% ini yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. tashkil etadi. Yoʻltransport qurilishi uchun temirbeton shpallar, koʻpriklarning yigʻma elementlari, yoʻlovchi va yuk tashish platformalari detallari, oqova suv quvurlari va ariqlari, avtomobil yoʻllariga toʻshaladigan yigʻma plitalar va boshqa ishlab chiqariladi. - Sanoat binolarining 85% ini yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. tashkil etadi. Yoʻltransport qurilishi uchun temirbeton shpallar, koʻpriklarning yigʻma elementlari, yoʻlovchi va yuk tashish platformalari detallari, oqova suv quvurlari va ariqlari, avtomobil yoʻllariga toʻshaladigan yigʻma plitalar va boshqa ishlab chiqariladi.
- Gidrotexnika inshootlari uchun qobiq plitalar; qishloq xoʻjaligi qurilishi uchun ustunlar, toʻsinlar, turli xil plitalar, molxonalar hamda issiqxonalar, yem saqlanadigan transheyalar uchun kerakli detallar, quduqlar uchun xalkalar va boshqa ishlab chiqariladi. Bulardan tashqari bosim ostida yoki bosimsiz ishlaydigan temirbeton quvurlar, elektr va aloqa simlari uchun temirbeton ustunlar ham tayyorlanadi. Bunday mahsulotlarning aksariyati standart oʻlchamlarda bajariladi. Yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. uchun betonning mustahkamligi yuqori boʻlgan turlari (V20— V40)dan foydalaniladi. Temirbeton elementlarning choʻziladigan zonalariga qoʻyiladigan armaturalar oldindan zoʻriqtirilsa (tortib taranglashtirilsa), Temirbeton konstruksiyalar k. ning yoriqlar hosil boʻlishiga qarshiligi ortadi. Choʻzuvchi kuchlanishlar paydo boʻladigan konstruksiyalar (egiluvchan elementlar, quvurlar, rezervuarlar, minoralar va boshqalar) da oldindan zoʻriqtirilgan armaturali temirbetondan foydalanish yaxshi samara beradi. Krlipga quyilgan beton qorishmasi mexanizatsiyalashgan usulda zichlashtiriladi. Koʻpincha (ayniqsa, oldindan zoʻriqtirilgan konstruksiyalarni tayyorlashda) armaturaning oʻta mustahkam xillaridan, tez qotuvchan sementlardan foydalaniladi; betonning qotishini tezlashtirish uchun maxsus kameralarda bugʻlantiriladi. Yigʻmaquyma (monolit) Temirbeton konstruksiyalar k. yigʻma elementlarning kuyma beton bilan mustahkam birikmasi. Bunda barcha tarkibiy qismlar birgalikda ishlaydi, konstruksiyaga qoʻyiladigan yuk barcha elementlarga tekis taqsimlanadi; Temirbeton konstruksiyalar k. ning yaxlitligi taʼminlanadi. Temirbeton konstruksiyalar k. ning yuk koʻtarish imkoniyati boʻyicha hisoblash nazariyasi oʻzining rivojlanish jarayonida 3 asosiy davrni bosib oʻtdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |