Konstruksiyalari


Download 0.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana16.02.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1204036
  1   2
Bog'liq
ASFALTBETON QOPLAMALI YO



ASFALTBETON QOPLAMALI YO‘L TO‘SHAMALARI 
KONSTRUKSIYALARI. 
 Mamlakatimimzdagi mavjud yo‘llarning 95 % ortig‘i asfaltbeton qoplamali 
yo‘l to‘shamlaridan qurilgan. Yo‘l to‘shamalari 3 ga bo‘linadi: qoplama, asos va 
yo‘l poyi (82-rasm).
83-rasm. Yo‘l to‘shamasi va uning qatlamlarini avtomobil yo‘lida joylashishi 
 
Asfaltbeton qoplama - tayyorlangan yo‘l asosiga yotqizilgan, doimiy 
qalinlikdagi bir yoki bir nechta qatlamlardan iborat bo‘lgan qoplama 
konstruktsiyasining yuqori qismi. 
Asfaltobeton qoplamali yo‘l to‘shamalari konstruksiyalari chizmasi 84-
rasmda ko‘rsatilgan. Keltirilgan chizmalar yo‘l to‘shamalarini zamonaviy 
tendensiyada - kam sonli qatlamlar bilan qurishni ko‘rsatadi. Qatlamlar sonini 
kamaytirishda bitum qo‘llanilgan materiallarning ikkita qatlami bilan chegaralanish 
maqsadga muvofiq. Asfaltobetonning katta qalinlikdagi yuqori qatlamini 
chaqiqtosh, shag‘al va bitum, qatron yoki emulsiya bilan ishlov berilgan yoki 
bog‘lovchilar bilan ishlov berilmagan boshqa mineral materiallardan bo‘lgan 
qatlamlarga yotqizish mumkin. 


84-rasm. Asfaltobeton qoplamali yo‘l to‘shamalari konstruksiyalari: 
1- zich asfaltobetondan qoplamaning yuqori qatlami; 2 - asfaltobetondan 
qoplamaning pastki qatlami; 3- g‘ovak yoki o‘ta g‘ovak asfaltobetondan asosning 
yuqori qatlami; 4 - chaqiqtosh yoki shag‘aldan asosning pastki qatlami; 5 - 
qumdan kilingan asosning (suvo‘tqazuvchi) qo‘shimcha qatlami; 6 – yuzaga ishlov 
berilgan yoki emulsiya-mineralli qorishmadan yemirilish qatlami; 7 - beton, 
zurikkan beton yoki sement bilan maxkamlangan gruntdan qilingan asos qatlami. 
Qoplama to‘g‘ridan-to‘g‘ri transportning o‘tishi uchun mo‘ljallangan. U 
yuklarning butun majmuasini harakatlanuvchi yoki turgan transport vositalaridan va 
barcha ob-havo va iqlim ta’sirini sezadi. Yuqori qatlam avtomobil g‘ildiragining 
yo‘lga tishlashishi, tekisligi, suvga chidamliligi va transportning loyihaviy tezligida 
avariyalarsiz harakatlanishini ta’minlaydigan boshqa transport va operatsion 
fazilatlari uchun javobgardir. Agar asfaltbeton qoplama (doimiy qalinlikda) ravonlik 
talablariga javob bermaydigan asosga yotqizilgan bo‘lsa, unda yangi yotqizilgan 
qatlam pastki qatlamning barcha noravonliklarini takrorlaydi (85-rasm).
Asfaltbeton qoplamalarining yuqori qatlamlarida ko‘p zichlangan, qattiq, zich 
yoki yuqori zichlikdagi modifikatsiyalangan asfaltbeton qorishmalaridan 
foydalanish kerak. Pastki qatlamlar ko‘p hollarda yuqori texnologiyali 
asfaltbetondan qurilgan. 



85-rasm. Asfaltbeton qoplamalarining turlari:
A - doimiy qalinlikdagi asfalt-beton qatlami pastki qatlamning barcha 
noravonliklarini takrorlaydi: 1 - asos qatlami; 2 - doimiy qalinlikdagi qoplama 
qatlami; B – tekislovchi qatlam (3), pastki qatlamdagi noravonliklarini tuzatadi;


V - ikki qatlamli asfaltbeton qoplamasi; pastki qatlam ma’lum ravonlik bilan 
yotqiziladi, yuqori qatlam (4) bir xil qalinlikka ega 
Yo‘l qoplamasining asfaltbeton qatlamlari bugungi kunda asosan alohida 
zaiflashtirilgan uchastkalarda avtomobil yo‘lini kapital ta’mirlashda qo‘llaniladi. 
Qatlamning qalinligi ma’lum bir hududda yo‘l konstruktsiyasining yuk ko‘tarish 
qobiliyatini hisobga olgan holda tayinlanadi (mustahkamlovchi qatlamning minimal 
qalinligi 6 sm). 
Mavjud yoki eski qoplamaning ravonligini oshirish uchun tekislovchi 
qatlamlari 
yotqiziladi. 
Zamonaviy 
darajadagi 
nazorat 
tizimlari 
(asfalt 
qoplamalarida) kerakli ko‘ndalang va bo‘ylama qiyaliklarni, shuningdek, 
balandliklarni ta’minlash uchun qatlam qalinligini belgilash imkonini beradi. Yupqa 
donador aralash qatlamining minimal qalinligi 3 sm.
Bir qavatli asfalt-beton qoplamaning qalinligi odatda 4...6 sm. Kerak bo‘lsa, 
kattaroq qalinlikdagi qoplamalar ikki yoki uch qatlamda yotqiziladi. Bunday holda, 
qatlamlarning har biri kerakli zichlikka qadar zichlanadi. Qoplamaning yuqori 
qatlamining qalinligi odatda 3-5 sm oralig‘ida o‘rnatiladi va asfalt-beton 
qoplamaning har bir pastki qatlamining qalinligi 4-8 sm. 
Qalin (9...20 sm) va yupqa (qalinligi 1,5...2,5 sm) asfaltbeton qatlamlarini 
yotqizish mumkin. Yupqa qatlamli qoplamalar odatda maxsus maqsadli asfalt-beton 
qorishmalaridan tayyorlanadi. Yupqa qoplamali qatlamlar yo‘llarning transport va 
ekspluatatsion xususiyatlari uchun javobgardir. Asosiy transport va ekspluatatsiya 
xususiyatlariga quyidagilar kiradi: sirtning rangi va tuzilishi; aks ettirish va 
drenajlash qobiliyatlari; qoplama g‘adir-budirligi; tishlashish sifati, korroziyaga 
chidamliligi, siljishga chidamliligi, qoplamaning avtomobil g‘ildiragiga 
ishqalanishi, suvga chidamliligi, ravonligi. 
Oxirgi yillarda asoslarda zuriqqan beton qo‘llanilmoqda. Qoplamalarni 
yorilishga va issiqlikka chidamliligini oshirishga imkon beruvchi suv-issiqlik 
rejimini yaxshilash maqsadida asoslarni stirporbetondan, ya’ni stirporali 
tuldiruvchili, kichik massaga va past issiqlik o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan 
betondan qurish maqsadga muvofiq. 
 
Asfaltbetonni shakllantirish uchun texnologik jarayonda yo‘naltirilgan 
struktura xosil qilish optimal sharoitlar yaratish bilan ta’minlanadi. Bu sharoitlar 
asfaltbeton qorishmalarning texnologik xususiyatlari, mos keluvchi texnologik 
jixozlarni tanlash va uning berilgan ishlash rejimi bilan aniqlanadi. Asfaltbeton 
qorishmalar quyma, plastikli va qattiq turlarga bo‘linadi.
Quyida mamlakatimimzdagi ba’zi avtomobil yo‘llarining yo‘l to‘shamasi 
konstruksiyalari keltirilgan(86 va 87 rasmlar). 


86-rasm. Toshkent viloyatidagi I
b
-toifali 4P-6 “Toshkent sh.-Chirchiq sh.-Chimyon 
q.” avtomobil yo‘lining 22-29 km bo‘lagining ko‘ndalang kesimi va yo‘l 
to‘shamasi konstruksiyasi 


87-rasm. Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi I
b
-toifali A-380 “G‘uzor-Buxoro-
Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining 965-970 km bo‘lagining ko‘ndalang kesimi va 
yo‘l to‘shamasi konstruksiyasi 
 
Ichki xo‘jalik yo‘llarining asosiy qismi past toifali bo‘lib, ularda ko‘proq 
iqtisodiy jihatdan arzon bo‘lgan yo‘l to‘shamalari konstruksiyalarini qo‘llash 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Quyidagi 88, 89, 90-rasmda AQSh, Yevropa va 
O‘zbekistonda past toifali xo‘jalik yo‘llarida keng qo‘llanilayotgan yo‘l to‘shamasi 
konstruksiyalariga misollar keltirilgan. 

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling