Kontaktli o’t oldirish tizimi ma’ruza rejasi: O’t oldirish tizimlari xaqida umumiy ma’lumotlar


Download 56.96 Kb.
bet5/6
Sana18.10.2023
Hajmi56.96 Kb.
#1708739
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KONTAKTLI O't oldirish tizimi

Ot oldirish daqiqasi. Bizga ma’lumki porshen yuqori chekka nuqta (YUCHN) dan o’tgandan keyin gaz bosimi mumkin qadar katta bo’lishini ta’minlash maqsadida yonilg’i aralashmasini o’t oldirish, siqish taktining oxirida, ya’ni porshen YUCHN gayetib bormasdan amalga oshiriladi. Chunki yonilg’i ara-lashmasini yonish jarayoni bir laxzada sodir bo’lmasdan, balki ma’lum vaqt (bir necha millisekund) davom etadi. Dviga-telning quvvati, tejamli ishlashi, ishqalanuvchi qismlariniyeyilishi va chiqindi gazlarning zaxarliligi ko’p jixatidan sham elektrodlari orasida uchqun xosil bo’lish, ya’ni o’t oldirish da-qiqasiga bog’liq bo’ladi. Dvigatelning xar bir ish rejimi uchun uning eng yaxshi ko’rsatkichlarini ta’minlovchi optimal o’t oldirish daqiqasi mavjud bo’ladi. U tirsakli valning silindrga uchqun berilgan ondagi xolatidan porshen YUCHN ga borgungacha buralgan burchagi bilan ifodalanadi. Bu burchak - o’t oldirishni ilgarilatish burchagi deb ataladi.
37-rasmda silindrlardagi bosim o’t oldirishni ilgarilatish burchagiga bog’liq ravishda o’zgarishi ko’rsatilgan. Yonilg’i me’yoridan ertaroq o’t oldirilsa (1- egri chiziq, o’t oldirishni ilgarilatish burchagi katta), yonish jarayonining deyarli xammasi siqish taktida sodir bo’ladi va porshen YUCHN ga gazlar bosimi keskin oshishi, ya’ni katta qarshilikniyengish sharoitida xarakatlanadi. Natijada dvigatelning quvvati, tejamliligi pasayadi, chiqindi gazlar zaxarliligi ortadi. Dvigatel qizib ketadi va detonatsiya shovqinlari paydo bo’ladi (1 - egri chiziqdagi "tishchalar").
Aksincha, agar yonilg’i me’yoridan kechroq o’t oldirilsa (3 - egri chiziq, o’t oldirishni ilgarilatish burchagi kichik), yonish jarayoni asosan kengayish taktida sodir bo’ladi. Natijada yonilg’i yonib ulgurmaydi, gazlarni bosimi zarur qiymatga erisha olmaydi, dvigatel quvvati va tejamliligi pasayib ketadi. Chiqindi gazlarni temperaturasi oshib, dvigatelni qizib ketish xollari kuzatiladi.
YOnish jarayoni me’yorida bo’lishi uchun o’t oldirishni ilgarilatish burchagi eng manfaatli qiymatga ega bo’lishi kerak (2- egri chiziq). Dvigatel maksimal quvvatini avj oldirishi uchun silindrdagi gaz bosimining eng katta qiymati, porshen YUCHN dan o’tgandan keyin, tirsakli valni 10-150 ga burilgan xolatiga to’g’ri kelishi kerak.
O’t oldirishni ilgarilatishning eng manfaatli burchagi turli dvigatellar uchun 28-450 chegarasida bo’ladi. Uning qiymati tirsakli valning aylanish chastotasiga, yuklamaga, ishlatilayotgan yonilg’i tarkibiga va boshqa omillarga bog’liq bo’ladi Masalan, tirsakli valning aylanish chastotasi ortishi bilan yonish kamerasidagi yonilg’i aralashmasi yonishi uchun ajratilgan vaqt kamayib boradi va demak, o’t oldirishning ilgarilatish burchagini oshirish kerak.
Dvigatel yuklamasi ortishi bilan drossel to’siqchasi kattaroq ochiladi va silindrlarga so’rilayotgan yonilg’i aralashmasining miqdori va uning yonish tezligi ortadi. Bu esa, o’t oldirishni ilgarilatish burchagini kamaytirilishini talab qiladi. Aksincha, yuklama kamayganda drossel to’siqchasi kamroq ochiladi va silin-
drlarga kirayotgan yonilg’i miqdori kamayadi, uning yonish tezligi sekinlashadi va demak, o’t oldirishni ilgarilatish burchagini oshirish zarur.



Download 56.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling