Konteyner transport tizimi konteyner turlari va o’lchamlari
KONTEYNERLARDA TASHILADIGAN YUK TURLARI
Download 3.82 Mb.
|
TRANS LOGISTIKA KONTEYNER
3. KONTEYNERLARDA TASHILADIGAN YUK TURLARI
Shunday mahsulotlar borki, ularni ishlab chiqarilgan holatda tashish ancha mushkul bo‘lib, bir qator salbiy oqibatlarni: yo‘qolishni, kam chiqishni, buzilishni yoki shikastlanishni keltirib chiqarishi mumkin. Bunday salbiy oqibatlarni oldini olish uchun yuk jo‘natuvchilar o‘z yuklarini idishlarda yoki o‘ralgan щolda tashishga taqdim etishlari lozim bo‘ladi. SHuning uchun bu masalaga O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksida ham, temir yo‘l Ustavida ham alohida ahamiyat berilgan. Chunki tashish jarayonida yuklarni asrash ko‘p jihatdan yuklarni tashishga tayyorlashga, samarali va puxta idish va o‘rovlarga bog‘liq bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 414-moddasi idish va o‘rashga bag‘ishlangan bo‘lib bunda “Agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa va u majburiyatning mohiyatidan kelib chiqmasa, sotuvchi sotib oluvchiga tovarni idishda yoki o‘ralgan holda topshirishi shart, o‘z xususiyatiga ko‘ra idishga joylash va (yoki) o‘rashni talab qilmaydigan tovar bundan mustasno”. Agar oldi-sotdi shartnomasida idish va o‘rash haqida talablar belgilangan bo‘lmasa, bunday tovar uchun odatdagi usulda, u 79 bo‘lmaganida saqlash va transportda tashishning oddiy sharoitlarida bunday turdagi tovarni saqlanishini ta’minlaydigan usulda idishga joylashtirilishi va (yoki) o‘ralishi lozim. Agar qonunda belgilangan tartibda idish va (yoki) o‘rashga nisbatan majburiy talablar nazarda tutilgan bo‘lsa, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan sotuvchi sotib oluvchiga tovarni ushbu majburiy talablarga mos keladigan idishda va (yoki) o‘ralgan holda topshirish shart» ekanligi ta’kidlangan. Temir yo‘l Ustavining 42- moddasi bu haqda quyidagilarni belgilaydi. Yuklarni yo‘qolishidan, kam chiqishidan, buzilishidan va shikastlanishidan asrash uchun idishlarga zaruriyat bo‘lsa, bunday yuklar davlat standartlariga mos keladigan yaroqli idishda, agarda yukni idishi va o‘roviga standartlar belgilanmagan bo‘lsa uni to‘la asrashni ta’minlovchi yaroqli idishda tashishga taqdim etilishi kerak. Kolxozlardan va tayyorlov tashkilotlaridan avtonom seksiyalarda jo‘natilayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini nostandart, asrashni ta’minlaydigan idishlarda tashishga qabul qilish mumkin. Yuklarni tashish qoidalarida (1-qism, 3-bo‘lim, 3-§) quyidagilar ta’kidlangan. Agar tashishga taqdim etilayotgan yukning idishi va o‘rovida tashqi ko‘rikda yukni yo‘qolshini, kam chiqishini, buzilishini yoki shikastalnishini keltirib chiqarish ehtimoliga sabab bo‘ladigan kamchiliklari aniqlansa, yuk jo‘natuvchi stansiyaning talabiga binoan idish yoki o‘rovni temir yo‘l Ustavining 42-moddasiga muvofiq tartibga keltirishi kerak (shart). Bunday yuklar tamir yo‘l transportida yuklarning transport tasnifiga muvofiq idish-o‘rovli yuklar guruhiga mansub bo‘lib, ular faqat idishlarda va o‘ralgan holatda tashiladi. Idish o‘rovli yuklar asosan qimmatbaho yuklar bo‘lishi bilan bir qatorda ularga tashqi muhitning bir qator omillari: 80 mexanik-zarba, urilish, titrash (vibratsiya), statik va dinamik yuklama ishqalanish; iqlim–atmosfera yog‘ingarchiliklari, nam havo, tuman, quyosh nurlari, haroratning o‘zgarishi; biologik–mikroorganizmlar, zararkunandalar, kemiruvchilar salbiy ta’sir qilishi mumkin. Ushbu omillarni ta’sirini hisobga olgan holda idish va o‘rash materiallrini tanlash lozim bo‘ladi, qaysiki ular yukni tashqi muhitning ta’sirlaridan himoya qilibgina qolmay, shuningdek ortish-tushirish va ombor ishlarini mexanizatsiya-lashgan, kompleks mexanizatsiyalashgan va hatto avtomatizatsiyalashgan usulda bajarish qulay bo‘lishini ta’minlashi kerak. Shu bilan bir qatorda idish va o‘rovlar ombor binolarining sig‘imidan, vagonlarning, konteynerlarning, avtomobillarning sig‘imidan va yuk ko‘tarishidan, hamda ishlatilayotgan ortish – tushirish mexanizmlarning yuk ko‘tarishidan to‘laroq foydalanish imkoniyatini ta’minlashi lozim. Bulardan tashqari idish va o‘rovlar mahsulot va buyumlarni tashqi ko‘rinishini bezashi kerak. Xo‘sh, idish va o‘rov o‘zi nima? Sanoat va qishloq xo‘jalik mahsulotlarining maksimal asrash va transportabel holatga keltirish uchun, uni tashishga va saqlashga tayyorlash bo‘yicha qo‘llanilingan kompleks himoya choralarni va material vositalarni–o‘rov deb tushiniladi. Idish esa o‘rovning eng ahamiyatli elementlaridan biri hisoblanib, tovarni joylashtirish uchun zarur bo‘lgan mustaqil buyum sanalib, u tovarni sotuvchidan (tayyorlovchidan) sotib oluvchiga (iste’molchiga) etkazib berish jarayonida hamda uni saqlash davomida tovarni son va sifat jihatidan asrashni ta’minlaydi. Tayyorlangan materialiga va vazifasiga ko‘ra yumshoq, yarim qattiq va qattiq idishlar mavjud. Yumshoq idishlar (qoplar, to‘rlar, chiptalar) yuk bilan to‘lish darajasiga muvofiq turli shaklni qabul qilishi mumkin. 81 Yumshoq idishlar asosan sochiluvchan (shakar, un, mashoqlar, sholi, guruch, tuz va h.k.) va tolali materiallarni tashishda va saqlashda ishlatiladi, ular bo‘sh holatda kam joy egallaydi, o‘zining massasi esa nihoyatda kam, hamda ishlatish uchun qulay. Yarim qattiq idishlar (korzina, savat, korobka) o‘zining birlamchi boshlang‘ich shaklini uncha katta bo‘lmagan mexanik yuklamalardan saqlaydi va yuklamani ma’lum bir qismini yukning o‘zi qabul qiladi. qattiq idish (yashik, bochka, ballon, flyaga)larning shakli yuk tashishda va saqlashda o‘zgarmaydi va u katta mexanik mustahkamlikka ega. Donli yuklar idish va o‘rovlarsiz, alohida o‘rin (joy) larda yoki paketlangan holatda tashiladi. Idish o‘rovli yuklar asosan yopiq vagonlarda, donali yuklar esa yopiq va ochiq harakatdagi sostav (platforma va yarim ochiq vagon)larda vagonlangan (povagonnыm) va mayda jo‘natma tartibda tashiladi. Tashish uchun alohida vagon berilishini talab qiluvchi, bitta yukxatida taqdim etiladigan yuk partiyasi vagonlangan (vagonlab) jo‘natma deb hisoblanadi. Tashishi uchun alohida vagon berilishini talab qilmaydigan bitta yuk partiyasi mayda jo‘natma deb hisoblanadi. Mayda jo‘natmalar ortilgan vagon terma vagon deb ataladi. Terma vagonda bir nechta yuk jo‘natuvchilarning, bir nechta tayinlangan stansiyadagi yuk oluvchilarga ortgan jo‘natmalari tashiladi, bu esa terma vagonni yo‘l sifaridagi bir nechta stansiyalarda mayda yuklarni saralash ishlarini keltirib chiqaradi. Ilmiy izlanishlar hamda idish-o‘rovli va donali yuklar bilan tajriba tartibda o‘tkazilgan tashishlar-ularni paketlab tashish eng samarali usul ekanligini ko‘rsatdi. Shu o‘rinda paket atamasiga izoh berish lozim bo‘ladi. Idishda yoki idishsiz, alohida mayda joylardan yig‘ilgan (shakllangan), o‘zaro universal yoki maxsus, bir marotaba foydalaniladigan yoki ko‘p 82 aylanadigan paketlash vositalari- tagliklarda yoki ularsiz yiriklashtirilgan yuk joylari transport paketi deb tushuniladi, hamda ular yuklarni transportda tashish va saqlash jarayonida: a) vilkali yuklagichlarda, kranlarda va boshqa ko‘tarish transport mashinalarida mexanizatsiyalashgan ortish va tushirish imkoniyatini; b) paketlar yaxlit (but)ligini; v) yuklarni asrashni g) transport, ombor va ortish–tushirish ishlarini bajaruvchi ishchilarni xavfsizligini; d) yopiq vagon va konteynerlarni yuk ko‘tarishidan (sig‘imidan) maksimal foydalanishni, ochiq harakatdagi sostavlarda yuk tashilganda esa yuk ortish gabaritidan to‘liqroq foydalanishni; e) poezdlar harakati xavfsizligini, ta’minlanishi lozim. Paketlab yuk tashishni amaliyotda joriy qilish ortish– tushirish ishlarida mehnat unumdorligini 3-5 baravarga oshirish imkoniyatini ta’minlaydi, yuklarni qavatlab taxlash hisobiga ombor sig‘imidan foydalanish 1,5 baravarga oshadi, harakatdagi sostavni yuk operatsiyalarida to‘xtab turishi esa 2-4 marotabagacha qisqaradi (kamayadi). Agar bevosita korxonalarda ishlab chiqarish texnologik jarayonlarida yoki mahsulot o‘ralganidan so‘ng paketlansa va paketlangan holatda tashilsa, ortib- tushirilsa, omborlarda saqlansa va iste’mol joylariga etkazib berilsa, paketlab tashish tizimi yanada yuqori samaradorlikni ta’minlaydi. Idish o‘rovli va donali yuklarni paketlab tashish uchun turli xildagi paketlash vositalariga zaruriyat paydo bo‘ladi Download 3.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling