Конунларни ўрганиш ва уларни хаётга тадбик этишда давлат ва хукук назариясининг роли жуда катта бўлиб хисобланади


Monarxiya davlat boshkaruv shakli sifatida


Download 183.5 Kb.
bet3/11
Sana14.12.2022
Hajmi183.5 Kb.
#1005783
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1.2. Monarxiya davlat boshkaruv shakli sifatida
Davlat shaklining keyingi kurinishi bu monarxiyadir. Xukukiy adabiyotlarda monarxiyaga kuyidagicha tushuncha keltirib utilgan:
«Monarxiya – oliy xokimiyat yakka xokim davlat boshligining kulida bulgan va bu xokimiyat meros kilib beriladigan davlat boshkaruvi shaklidir»10.
«Monarxiya» atamasi yunonchadan olingan bulib («monos» - «bir», «arxe» - «xokimiyat»), «yakkaxokimiyatchilik», «yakkaxukmronlik» degan ma’noni anglatadi11.
Monarxiyada davlat boshligi monarx buladi. Monarxga esa kuyidagicha tushuncha berilishi mumkin:
«Monarx (yunoncha monarchos; inglizcha monarch) – yakkaxokimlik, tanxolik ma’nosini anglatib, davlat boshkaruvini bir kishi, yakka monarx tomonidan boshkarilishi tushuniladi. Davlat tepasida podsho, imperator, kirol, shox, sulton turadi va yakka uzi davlatni boshkaradi»12.
Davlat shakli sifatida monarxiya bir kator belgilarga ega. Ular kuyidagilardan iborat:

  1. monarx davlatni shaxsiylashtiradi;

  2. monarx tashki va ichki siyosatda davlat boshligidir;

  3. monarx xalk vakili, millat otasi, ya’ni fukarolarning boshlarini kovushtirib, davlatga birlashtiradigan shaxs sifatida faoliyat yuritadi. Fransiya kirollaridan biri, «kirol oftob» deb nom olgan Lyudovik XIV ning «Davlat bu - men» degani bejis emas. Lekin bu xol xakikiy axvolni emas, balki davlat xokimiyatining uta shaxsiylashtirishni ifoda etgan13;

  4. monarx xokimiyati mukaddas deb e’lon kilinadi;

  5. monarx uz faoliyatida rasman mustakildir;

  6. legitimlashtirishning, ya’ni xokimiyatni urnatish, kabul kilishning aloxida tartibi urnatilgan.

  7. Muddatsiz - umrbod boshkarish;

  8. Monarx uz boshkaruvining natijasi uchun yuridik javobgar emas14.

Monarx davlatni yakkaxokimlik bilan boshkaradi. Albatta, bu uning davlatdagi barcha ishlarni bir uzi uddalay oladi degani emas.
Davlat ishlarini boshkarish bilan davlatning turli idoralarida xizmat kilayotgan kup sonli davlat xizmatchilari, ya’ni vazirlar, maslaxatchilar, mansabdor shaxslar shugullanadilar.
Monarx muxim, prinsipal davlat ishlari bilan, karorlar kabul kilish bilan mashgul buladi.
U davlat xokimiyatining tula egasidir. Monarx xokimiyati oliy makomga ega bulib, mustakildir. U davlatda oliy xokimiyat timsolidir. Odatda monarx xokimiyati mustakil sanalib, diniy rutbaga ega buladi15.
Monarx turli – tuman xalkaro, siyosiy va milliy kuchlar ta’siri ostida bulmay kolmaydi. Ammo, shunday xam buladiki, monarxning karorlari tasodifiy va sub’ektiv omillarga xam boglik bulishi mumkin.
Bu tushunarli, albatta. Zero, monarx xam odam va unga xam odamlarga xos xususiyatlar begona emas.
Monarxiyaning xam uziga xos shakllari mavjud. Ular xukukiy adabiyotlarda keltirilishicha kuyidagilardan iborat:
Monarxiyaning shakllari – mutlak va cheklangan (yoki parlamentar) shakllarda buladi”16.
Davlat xokimiyatini boshka biron - bir idora bilan cheklanmagan monarx (kirol, podsho, imperator) amalga oshirsa, (masalan, Saudiya Arabistonida), bunday monarxiya mutlak monarxiya deyiladi.
Bunday monarxiya monarxiyaning gullab yashnagan payti – yangi davr arafais bulib, bu paytda boshkaruvning respublika shaklidan farki anik namoyon buladi.
Agar monarxning xokimiyati konstitutsiya asosida amal kiladigan biron – bir vakolatli idora bilan cheklangan bulsa, bunday monarxiya cheklangan, konstitutsiyaviy, parlament shaklida namoyon buladi. Bunday monarxiyaga misol kiilb Buyuk Britaniya, Daniya, Norvegiya, Shvesiyani keltirishimiz mumkin.
1.3. Davlat boshkaruv shakli sifatida respublika
Respublika bu shunday boshkaruv shakliki unda davlat boshligi saylanadigan shaxs xisoblanadi. Monarxiyada esa xokimiyat davlat boshligiga meros bulib utgan buladi.
Boshkaruvning respublika17 shaklida davlat xokimiyatini axoli muayyan muddatda saylab kuyadigan idoralar amalga oshiradi. Respublika muayyan tarixiga ega. Tarixan respublika boshkaruv shaklining bir necha turlari ma’lum.
Afina davlatida (eramizgacha V-IVasrlar) demokratik respublika mavjud bulgan. Unda afinalik erkin fukaroning kulga aylanishiga yul kuyilmasdi. Bu respublikada ijtimoiy rakobat, kulga egalik kilishning maxsus tavsifi , jamoa kulchiligi mavjud edi.
Sparta (eramizgacha V-IV asrlar) va Rim davlatlari (eramizgacha V-II asrlar) aristokratik respublikalar bulgan. Ular davlat sifatida aksariyat axolining aristokratik kismi manfaatlari ifodalangan18.
Respublika bu shunday boshkaruv shakliki, unda butun oliy xokimiyat organlari axoli tomonidan tugridan-tugri yoki notugri (kuppogonali va egri saylovlar) saylov yuli bilan saylanadi19.



Download 183.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling