Конунларни ўрганиш ва уларни хаётга тадбик этишда давлат ва хукук назариясининг роли жуда катта бўлиб хисобланади
II. BOB. DAVLAT TUZILIShI ShAKLLARI TUShUNChASI
Download 183.5 Kb.
|
II. BOB. DAVLAT TUZILIShI ShAKLLARI TUShUNChASI
Davlat tuzilishi shakllari tushunchasi va turlari Davlat tuzilishi yoki milliy davlat tuzilishi deganda davlatning moxiyatidan kelib chikuvchi uning xududiy tuzilishi yoki milliy -xududiy tuzilishi, davlat bilan uning tarkibiga kiruvchi bulaklarni (kismlarni) davlat munosabati shakllari va xukukiy xolati tushuniladi. Tanikli xukukshunos olim Z.M.Islomovning fikricha: fukarolar soni va xududiy kulami muayyan chegaraga yetganda mamlakat xududini okruglar, viloyatlar, ulkalar, shtatlar, kantonlar, guberniyalar, tumanlarsingari xududlarga bulish xamda shu xududiy tuzilmalarda xokimiyatning maxalliy (xududiy) organlarini tuzish zarurati tugiladi. Shu tarika xokimiyat va boshkaruvning markaziy xamda maxalliy organlari urtasida vakolatlarni bulish extiyoji xam paydo buladi.20 Davlatshunos olimlar tomonidan davlat tuzilishi tushunchasiga kuplab ta’riflar berilgan. Ularning kariyb barchasi davlat tuzilishi shakli deganda – davlat xokimiyatining ma’muriy-xududiy tashkil etilishi, davlat bilan uni tashkil kiluvchi kismlar urtasidagi, davlatning aloxida kismlari urtasidagi, markaziy va maxalliy organlar urtasidagi uzaro munosabatlar xarakterini tushunish kerak, deb xisoblashadi21. Ba’zi bir xukuki adabiyotlarda davlat tuzilishiga kuyidagicha ta’rif berilgan: «Davlat tuzilishi – konstitutsiyaviy xukuk nazariyasida davlat yoki ittifokni tashkil etuvchi avlatlarni xududiy tashkil etish usuli. Davlat tuzilish shaklining ikki xil kurinishi farklanadi: federatsiya va unitar. Kup millatli tarkibga ega bulgan mamlakatlarga nisbatan ba’zan «milliy davlatchilik tuzilish shakli» atamasidan xam foydalaniladi»22. Davlatning xududiy tuzilishi kadim zamonlarga borib takaladi. Kadimgi yakkaxokimlik saltanatlari provinsiyalarga23, shaxarlarga, satraplarga, zabt etilgan xududlarga bulingan. Mazkur xududiy mintakalar uzining xokimiyat va boshkaruv idoralariga ega bulgan. Albatta, davlat uning oddiygina xududiy mintakalari yigindisi emas, lekin bunday tarkibsiz davlat uz vazifalarini uddalay olmaydi. Davlat tuzilishi davlat shaklining muxim bir turi bulib, shu davlat oldida turgan vazifa va maksadlar bilan belgilanadi. Davlat tuzilishiga uch narsa ta’sir etadi: Muayyan davrda jamiyat va davlat oldida turgan iktisodiy vazifalar va siyosiy maksadlar; Davlatdagi millatlarning soni va uzaro munosabati; Davlat xududining katta yoki kichikligi. Davlat tuzilishi – davlatning ma’muriy- xududiy tuzilishi, uning bulaklari, markaziy organlari, bu organlarning joylardagi maxalliy organlar bilan uzaro alokalarining xususiyatlaridan iborat. 2.1. Unitar Unitar davlat - oddiy tuzilishga ega yaxlit davlat bulib, tula siyosiy birligi bilan boshkalardan fark kiladi. Unitar davlatlarning aksariyati muayyan ma’muriy-xududiy bulinishga ega, ya’ni tumanlar, viloyatlar, katonlardan24 iborat buladi. Mazkur ma’muriy-xududiy bulinmalar davlat suvereniteti alomatlariga ega emas. Unitar davlatlarda butun xudud buyicha yagona oliy organlar tizimi va yagona konunchilik tizimi mavjud buladi. Unitar davlatlarning tuzilish oddiydir. Unitar davlatlarning uziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, ularda markazlashtirish turli shakllarda va turli darajalarda buladi. Markaziy xokimiyat maxalliy organlar ustidan nazoratning kanday turini amalga oshirishiga karab, markazlashgan va markazlashmagan unitar davlatlarga bulinadi25. Unitar davlatlar xududida boshka mustakil davlatlar bulmaydi. Unitar davlatdagi ma’muriy-xududiy bulinmalar fakat maxalliy masalalarni xal kilish xukukiga ega, markaziy yagona davlat xokimiyati kuchi davlatning barcha xududiga uz ta’sirini kursatadi. Unitar davlatlarga kuplab misollar keltirish mumkin: Italiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Ukraina, Kozogiston, Kirgiziston davlatlari xamda Uzbekiston Respublikasi xam unitar davlatlardan xisoblanadi26. Unitar davlat (lotincha unitas- yagonalik) - bu yaxlit davlat bulib davlatlardan va davlat makomiga ega boshka birliklardan (shtat) tashkil topmagan bulib, asosan ma’muriy-xududiy birliklardan – tuman, provinsiya, gubernalardan iborat bulib, ular keyinchalik uz navbatida rayon, uezdlarga ular esa jamoalar va kommunalarga bulinadi (ba’zan unitar davlat tarkibida avtonom davlatlar xam bulishi mumkin). Odatda bu makom ilgaridan, tarixdan uz -uzini boshkarish uchun xartiyaga ega bulgan katta-katta shaxarlarga beriladi27. Ma’muriy - xududiy birliklarning soni xar xil bulishi mumkin. Aloxida juda kichik davlatlar umuman ma’muriy-xududiy birliklarga bulinmaydi. Unitar davlat odatda, ma’muriy-xududiy birliklardan iboat buladi. Ammo murakkab unitar davlatlarda avtonomiya birliklari xam bulishi mumkin. Masalan, Buyuk Britaniya, Xitoy. Oddiy unitar davlatlarda fakat ma’muriy-xududiy bulinishlar buladi, ya’ni avtonom xududlar bulmaydi, masalan, Polsha, Misr. Ba’zi murakkab unitar davlatlarda aloxida statusga ega bulgan koloniyalar xam bulishi mumkin. Unitar davlatlar markazlashgan va markazlashmagan turlarga bulinadi: Markazlashgan unitar davlatda ma’muriy-xududiy bulinishdagi barcha birliklarga yukoridan mansabdorlar tayinlanadi, tanlanadi yoki saylanadi. Bu tartib Bolgariya, Indoneziya, Tailandda kullanadi. Markazlashmagan unitar davlatlarda ma’muriy-xududiy birliklarda boshkarish uchun umumiy vakolatla xokimiyat vakillari yuk, kichikrok ma’muriy-xududiy birliklarda fukarolar yigini, kattaroklarida kengashlar faoliyat yuritadi (Buyuk Britaniya, AKSh, Kanada). Download 183.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling