Konussimon g’ildirakli reduktor konstruktsiyasini o’rganish ishdan maqsad


Download 139.22 Kb.
bet1/4
Sana15.01.2023
Hajmi139.22 Kb.
#1094220
  1   2   3   4
Bog'liq
4-laboratoriya


KONUSSIMON G’ILDIRAKLI REDUKTOR
KONSTRUKTSIYASINI O’RGANISH


Ishdan maqsad:
Konussimon g’ildirakli osma reduktor konstruktsiyasini o’rganish va uning asosiy parametrlarini aniqlash.


Jihozlar va asboblar:
Konussimon g’ildirakli osma reduktor, gayka klyuchlari to’plami, shtangentsirkul, chizgich, transportir.
1. UMUMIY MA'LUMOTLAR

Har qanday reduktor tugallangan mexanizm bo’lib mashinalar yurit­malarining tarkibiga kiradi. U dvigatel va mashina ishchi organlariga turli xil muftalar, ochiq uzatmalar yoki boshqa ajraluvchi qurilmalar yorda­mida ulanadi.


Yopiq korpus ichiga joylashgan, etaklanuvchi val burchak tezligini kamaytirib, uning aylantiruvchi momentini oshiradigan uzatma reduktor deb ataladi. Uzatmani alohida yopiq korpus ichiga joylashtirish yig'ish aniqli­gini oshiradi, eyilishini kamayishini ta'minlaydi; chang, ifloslanish va namlikdan muxofaza qiladi.
Konussimon uzatmada vallarining geometrik o’qlari kesishgan­ligi sa­babli g’ildiraklardan biri, ko’pincha shesternya, tayanchlarga nisbatan konsol o’rnatiladi. Bu shu g’ildirak valining konstruk­tsiyasini murakkablashishiga, reduktorning gabarit o’lcham­larini kattalashishiga olib keladi.
Konussimon uzatma ilashmasida ta'sir etuvchi o’q bo’ylab yo’nalgan kuch miqdori nisbatan katta bo’lganligi sababli bunday reduktorlar valla­riga asosan radial-tirak podshipniklar o’rnati­ladi. Reduktorni yig’ish jarayoni­da bunday podshipniklarni tashqi halqasini dumalash elementlariga nisba­tan sozlash talab etiladi.
Reduktorni yig’ish jarayoni­da konussimon uzatma ilashmasi ham sozlanadi. Uzatma ilashmasini sozlash deganda g’ildiraklarni o’z o’qlari bo’ylab u yoki bu tarafga siljitib, ularning konus uchlarini bir nuqtaga keltirish tushuniladi. Reduktorni yig’ishda avval podshipniklar, keyin uzatma ilashmasi sozlanadi.
Odatda reduktor mashina yuritmasida o’zi uchun mo’ljallangan joyga — o’rnatuvchi ramaga yoki maxsus plitaga gorizontal yoki vertikal holatda mahkamlanadi. Shu bilan birga xalq xo’jaligining turli sohalarida boshqacha usulda o’rnatiladigan reduktorlar ham qo’llaniladi.
Biz konstruktsiyasini o’rganmoqchi bo’lgan reduktorning sekin aylanuvchi vali kovak (ichi bo’sh) bo’lib, harakatga keltirilishi kerak bo’lgan mashina­ning yurituvchi vali reduktorning vali ichiga kiritiladi. Bu turdagi reduk­torlar mashinalarning yurituvchi valiga osilgan xolda o’rnatiladi. Demak ularni o’rnatish uchun maxsus o’rnatuvchi rama yoki plitalar qo’llashga extiyoj qolmaydi. Reduktorning qo’zg’almasligini ta'minlash esa uning ikki yonboshi­ga tiraluvchi ikkita tayanch vintlar yordamida amalga oshiriladi.
Konussimon g'ildirakli osma reduktor (1-rasm) chuyan korpus 1, ichiga o’rnatilgan tez aylanuvchi (etaklovchi) val 11 va unga konsol holda qo’zgalmas qilib o’rnatilgan shesternya 5 dan, hamda sekin aylanuvchi (etaklanuvchi) ko­vak val 16 va unga qo’zgalmas qilib o’rnatilgan konussimon g’ildirak 2 dan tashkil topgan uzatmadan iborat. Reduktor korpusi qopqoq 14 bilan zich biri­ktiriladi. Reduktorning tez aylanuvchi vali o’zining ikkita bir xil konussimon rolikli podshipniklari bilan birgalikda stakan 7 ga joylash­ti­rilib, podshipnik qopqog’i bilan zich berkitilgan. Konussimon rolikli pod­shipniklar radial-tirak podshipniklar turkumiga mansub bo’lib, reduk­tor­ni yig’ish jarayonida ularni sozlash talab etiladi. To’g’ri sozlangan pod­ship­niklarda tashqi halqa bilan dumalash elementlari orasida tirqish bo’l­masligi va shu bilan birga tashqi halqa dumalash elementlarini siqib qo’y­masligi kerak. Podship­niklarni sozlash podshipnik qopqog’i bilan sta­kan ora­lig’ida joylashtirilgan turli qalinlikdagi bir nechta yupqa metall qis­tir­malarning 12 umumiy qalinligini o’zgartirish yo’li bilan amalga oshi­riladi.
Reduktorning sekin aylanuvchi vali 16 ikkita bir qatorli sharikli radial podshipniklarga 21 tayanadi. Bu podshipniklarning biri korpusga, ik­kin­chisi korpus qopqog’iga joylashtirilgan bo’lib, ular o’z navbatida pod­shipnik qopqoqlari 3 bilan zich biriktiriladi.
Konussimon g’ildirakli uzatma normal ishlashi uchun uning ilashmasi to’g’ri sozlangan bo’lishi, ya'ni g’ildiraklarning konus uchlari bir nuqtada kesishishi kerak. Uzatmani sozlash shesternya va g’ildirakni o’z o’qlari bo’ylab siljitish usuli bilan amalga oshiriladi. Shesternyani o’q bo’ylab siljitish korpus bilan stakan orasidagi yupqa metall qistirmalar 13 umumiy qalin­ligini o’zgartirish yo’li bilan, g’ildirakni u yoki bu tomonga siljitish — podshipniklar qopqoqlari bilan korpus va korpus qopqog’i orasidagi yupqa metall qistirmalarni 17 bir qismini bir tomonidan ik­kinchi tomonga ko’chi­rish usuli orqali amalga oshiriladi.
Uzatma tishlarini moylash uchun korpus ichiga reduktor tepa qismida joylashgan teshik orqali moy quyiladi. Fildirak aylanganda uning tishlari moyga botib o’tadi va o’ziga yuqqan moy bilan shesternya tishlarini moylaydi. Uzatmani bunday moylashni karter usulida moylash deyiladi. Karterdagi moy bilan sekin aylanuvchi val podshipniklari ham moylanadi. Vertikal ravishda joylashgan tez aylanuvchi val podshipniklari press-moylagich orqa­li davriy yuboriladigan quyuq (konsistent) moy bilan moylanadi.






Download 139.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling