Koordinatsion birikmalar hosil bo`lishda ligandlarning o`rni va ularning tuzilish izomeriyasi
Koordinatsion birikmalar kimyosining muhim qoidallar
Download 81.33 Kb.
|
kordinatsiomn birikmlar
Koordinatsion birikmalar kimyosining muhim qoidallar: 1. Peyrone qoidasi. Atsidokomplekslar ammiak yoki aminlar bilan reaksiyaga kirishganida sis-izomer holatidagi mahsulotlar hosil bo’ladi.
Masalan: agar eritmada kaliy tetraxloroplatina (II) - K2[PtCl4] ning 1 mol miqdoriga 2 mol ammiak qo’shsak, sis-dixlorodiamminplatina hosil bo’lib, KCl ajralib chiqadi: 2. Iorgensen qoidasi. Ammiakatlar kislotalar ta’sirida parchalanganida, ko’pincha, trans-izomer holatidagi atsidobirikmalar hosil bo’ladi. Masalan, tetramminplatina (II) xlorid [Pt(NH3)4]Cl2 ni HCl bilan parchalaganimizda trans-dixlordiamminplatina (II) hosil bo’ladi: 3. L. A. Chugayev 1906-yilda tarkibida besh va olti a’zoli halqalari bo’lgan koordinatsion birikmalar eng barqaror bo’ladi, degan qoidani tarifladi. To’rt a’zoli halqaga ega bo’lgan koordinatsion birikmalar kamroq mustahkam bo’ladi, uch a’zoli halqasi bo’lgan koordinatsion birikmalar beqarordir. Masalan, platinaning etilendiaminli birikmasi [Pt(NH2-(CH2)2-NH2)2]Cl2 tarkibida ikkita besh a’zoli halqa bor: Bu birikma nihoyatda barqaror; unga HCl ta’sir ettirsak ham parchalanmaydi. Ikki valentli nikelning glioksimli birikmasida ikkita besh va ikkita olti a’zoli halqalar borligi uchun bu birikma juda ham barqarordir: Bu birikma hatto HCl bilan qaynatilganda ham parchalanmaydi; uni faqat konsentrlangan nitrate kislota va zar suvi (3HCl+HNO3) gina yemiradi. 4. N. C. Kurnakov qoidasi. Trans- va sis-shakllaridagi koordinatsion birikmalarni bir-biridan ajratish katta ahamiyatga ega. Tekshirishlar natijasidan ma’lumki, ayni koordinatsion birikmaning trans-shakli uning sis-shakliga qaraganda yomon eriydi. Trans- va sis-shakllarni bir-biridan farq qilishda N. S Kurnakov qoidasi yordam beradi. N. S. Kurnakov sis- va trans-diaminlarning tiokarbamid SC(NH2)2 bilan reaksiyaga kirishishini tekshirdi, natijasida sis-izomerdagi ligandlarning tiokarbamidga to’liq almashinishi aniqlandi: Trans-izomeriyasida esa, ligandlar tiokarbamidga to’liq almashinmaydi, balki turli ligandli (aralash ligandli) koordinatsion birikmalar hosil bo’ladi: L. A. Chugayev o’zining xalqali koordinatsion birikmalar haqidagi qoidasini tajribada hosil qilingan mahsulotlarni sifat jihatidan tekshirish ma’lumotlari asosida tariflagan edi. XX asrning 40-yillaridan boshlab bu sohada miqdoriy ma’lumotlar olinadigan bo’ldi. Shvarsenbax 1952-yilda amaliy natijalarni umumlashtirib, xelat effekt qoidasini quyidagicha tarifladi. Siklik koordinatsion birikma M[AA] ning hosil bo`lish konstantasidan nosiklik koordinatsion birikma [MA1-2] ning hosil bo`lish konstantasidan bir necha marta kattadir (A`-xossalari AA ning xossalariga yaqin bo`lgan monodentat ligand, AA esa- bidentat ligand). Misol tariqasida 2 ta koordinatsion birikmani ko`rib chiqamiz; biri nosiklik koordinatsion birikma [Ni(NH3)6]Cl2 uning suvdagi eritmada hosil bo`lish konstantasi K=5.109, ikkinchisi siklik koordinatsion birikma [NiEn3]Cl2, uning ayni sharoitda hosil bo`lish konstantasi K=2.1019. Binobarin, xelat koordinatsion birikma noxelak koordinatsion birikmaga qaraganda deyarlik 1010 marta barqarordir. Download 81.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling