Betaraf (indeferent yoki befarq) oksidlar – amalda asoslar, kislotalar va tuzlarni hosil qilmaydi va ular bilan reaksiyaga kirishmaydi. Masalan:
CO – uglerod (II)-oksid
SiO – kremniy (II)-oksid
N2O – azot (I)-oksid
NO – azot (II)-oksid va h.k.
Keltirilgan misollardan shunday xulosa qilish mumkin. Asosli oksidlar – I va II valentli metallarning oksidlari; amfoter oksidlar – II, III va IV valentli metallarning oksidlari; kislotali oksidlar metallmaslarning va V, VI, VII valentli metallarning oksidlari. Bitta elementning turli oksidlarida valentlik ortib borganda asosli xossa amfoterlikka, so‘ng kislotalikka o‘tadi.
Peroksidlar – tarkibida perokso (-O-O-) guruh tutgan oksidlar. Masalan: Na2O2; H2O2; K2O2 (kaliy peroksid); K2O4 (kaliy superoksid). Peroksidlar tarkibida kislorod-kislorod bog′i borligi bilan boshqa oksidlardan farq qiladi.
Yuqoridagi oksidlardan tashqari 2 xil oksidlarning birgalikda uchrashidan hosil bo‘lgan qo‘sh oksidlar ham mavjud. Masalan: Fe3O4 (FeO·Fe2O3) – temir qo′sh oksidi (magnetit); Pb3O4 (PbO2·2PbO) – qo‘rg‘oshin (III)-tetraoksidi (surik).
2Na + H2 → 2NaH
3Ca + 2B → Ca3B2
CaO + 3C → CaC2 + CO
Mg + Si → Mg2Si
6K + 2NH3 → 2K3N + 3H2
Al + P → AlP
Binar moddalar kislotalar bilan ham reaksiyaga kirishadi.
MeHn + nHCl → МеCln + H2
Me3Bn + H2SO4 → MeSO4 + BH3
CaC2 + 2HCl → СаCl2 + C2H2
Al4C3 + 6H2SO4 → 2Al2(SO4)3 + 3CH4
|
Me4Sin + 4HCl → МеCln + SiH4
Me3Nn + 3HCl → МеCln + NH3
Me3Pn + 3HI→ МеIn + PH3
MenО2 + H2SO4 → MeSO4 + O2
|
Do'stlaringiz bilan baham: |