Koordinatsion birikmalar hosil bo`lishda ligandlarning o`rni va ularning tuzilish izomeriyasi


d- va f- blok elementlarining metalloorganik birikmalari


Download 81.33 Kb.
bet9/15
Sana19.04.2023
Hajmi81.33 Kb.
#1366730
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
kordinatsiomn birikmlar

d- va f- blok elementlarining metalloorganik birikmalari


d- va f- blok metalloorganik birikmalaridan faqat bir turdagi ligandlardan iborat lari karbonil birikmalardir. Karbonil birikmalar boshqa metalloorganik birikmalarni sintez qilishda qulay reagent hisoblanadi. Ular organik sintezlarda va katalizatorlar sanoatida ko'p ishlatiladi. Monometall karbonil birikmalar asosan, ikki xil usulda olinadi.

1. Metallarni karbonil molekulalari bilan turli sharoitlarda to'g'ridan to'g'ri ta'sir ettirib olinadi:

Ni(q)+CO(g)

30° Clatm CO →Ni(CO), (c)

Fe(q)+5CO(g) → Fe (CO), (c)

2CO(q)+8CO(g) → CO₂(CO),(q)

Kuchli ishqoriy muhitda CO molekulasining oksidlanishi kuzatiladi:

3Fe(CO),+40H [Fe,(CO), P+CO+2H₂O+CO

Metall karbonil anionlar protonlash reaksiyasiga kirishadi.

[Mn(CO), H→ HMn(CO), (q)



Karbonil birikmalar metalloorganik birikmalar sintezida ishlatiladi:
Metallorganik birikmalar — molekulasida metall — uglerod bogʻi boʻlgan organik birikmalar. "Metallorganik birikmalar" termini maʼlum darajada shartli. Sianidlar, karbidlar, baʼzi hollarda metallar karbonillari ham (Me—S bogʻi tutgan boʻlsa ham) anorganik birikmalar hisoblanadi. Bor, fosfor, kremniy, margimush va boshqa metallmaslarning organik birikmalari ham Metallorganik birikmalar jumlasiga kiradi. Shuning uchun keyingi vaqtlarda "elementoorganik birikmalar" degan umumiy nom koʻproq ishlatilmoqda. Ilk bor Metallorganik birikmalarni 1827-yilda V. Seyze (Seyze tuzi K[PtCl3(CH2=CH2)]H2O) sintez qilgan. Keyinchalik R. Bunzen margimush organik birikmalarni (1839), ingliz kimyogari E. Franklend dietil ruxni (1849) olgandan soʻng Metallorganik birikmalar kimyosiga asos solindi Li, Na, K, Rb, Cs, Be, Mg, Ca, Sr, Ba, Zn, Cd, Hg, B, Al, Ga, In, Tl, Si, Sn, Pb, As, Sb, Bi kabi metallarning Metallorganik birikmalari yaxshi oʻrganilgan. Ular suyuq va qattiq holatdagi moddalardir. Koʻpchiligi organik erituvchilarda eriydi. Metallorganik birikmalardan, ayniqsa, simob, qalay, qoʻrgʻoshin birikmalari juda zaharli. Metallorganik birikmalarning koʻpchiligi suv va kislorod bilan reaksiyaga faol kirishadi. Baʼzilari havoda, karbonat angidridli muhitda oʻzoʻzidan alangalanadi. Oraliq metallar — Ti, Zr, Y, Nb, Ta, Cr, Mo, U, Re, Fe, Ru, Os, Rh, Ir, Co va Ni ning organik birikmalari katta amaliy ahamiyatga ega. Metallorganik birikmalar dori moddalar, sof holdagi metallar, metall’ qoplamalari olishda va organik moddalar sintezida ishlatiladi (yana Q. Grinyar reaksiyasi, Kucherev re-aksiyasi, Polimerlanish)

Download 81.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling