Ko’p bolali oilalarga qanday imtiyozlar berilgan?
ishga joylashtirishi shart
Download 18.19 Kb.
|
1 2
Bog'liqKo\'p bolali oilalar uchun imtiyozlar
ishga joylashtirishi shart.
Bunda, bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari bajarilishini birga qo‘shib olib borish imkonini beruvchi ishning moslashuvchan jadvaliga ega bo‘lgan ish o‘rni yaratiladi. Soliq kodeksi 436-moddasi 1-qismi 5-bandiga ko’ra, boquvchisini yoʻqotgan koʻp bolali oilalar (ota va onadan biri yoxud ota-ona vafot etgan ko‘p bolali oilalar) jismoniy shaхslardan olinadigan yer soligʻini toʻlashdan ozod etiladi. Ushbu imtiyoz O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining ma’lumotnomasi asosida beriladi. “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 26-bandiga ko’ra, qaramog‘ida 16 yoshga (o‘quvchilar 18 yoshga) yetmagan uch yoki undan ortiq bolalari bo‘lgan xodimlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi ish stajining davomiyligidan qat’i nazar ish haqining 100 foizi miqdorida to‘lanadi. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 170-son qaroriga 1-ilova “Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi”gi Nizomning 12-bandiga ko’ra, ko‘p bolali oilalar aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy beriladigan fuqarolar toifasiga kiradi. Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi — mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida bo‘lgan, mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan barpo etilgan, shuningdek, xususiy, munitsipal, idoraviy uy-joy fondidan olib ularning balansiga berilgan, fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam ta’minlangan toifalari uchun xususiylashtirish huquqisiz ijara shartlari asosida foydalanish uchun berilgan uy-joy fondi. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-yanvardagi 14-son qaroriga ilova “Ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish, shuningdek yosh oilalarga, eskirgan uy-joylarda yashayotganlarga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarning boshqa toifalariga sotish tartibi to‘g‘risida” Nizomga ko’ra, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan ko‘p bolali oilalar ko‘p kvartirali uylardan imtiyozli kreditlar asosida uy-joy olishi, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlari hamda xotin-qizlarga ajratiladigan arzon uy-joylardan uy (kvartira) olishi mumkin. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 319-son qaroriga ko’ra, ko‘p bolali oilalarning bolalari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega. Bolalarni imtiyozli ro‘yxat bo‘yicha qabul qilish davlat-xususiy sheriklikka asoslangan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tatbiq etilmaydi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qaroriga 1-ilova “Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti”ga ko’ra, imtiyozli ro‘yxatga kiritiladigan, shuningdek, maxsus kontingentga kiruvchi bolalarning hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar bolalarining so‘rovnomalari davlat xizmatlari markazlariga borib, ustunlik huquqini yoki tegishli kontingentga kirishini tasdiqlovchi hujjatning aslini nusxasini ko‘rsatgan holda rasmiylashtiriladi. Imtiyozli ro‘yxatga kiritiladigan, shuningdek, maxsus kontingentga kiruvchi bolalar va ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarning bolalariga berilgan yo‘llanmalar hamda ularning ustunlik huquqini yoki tegishli kontingentga kirishini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalari bolalarni tashkilotga qabul qilish uchun asos hisoblanadi. “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan loyihalari bo‘yicha moliyaviy yordam ko‘rsatiladigan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarining” ro’yxatiga ko’ra, ko’p bolali oilalarga tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirishda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan moliyaviy yordamlar ko‘rsatiladi. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-martdagi 257-son qaroriga ilova “Ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlarini uzluksiz ta’lim olishini moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida” Nizomga ko’ra, ko‘p bolali oilalarning iqtidorli farzandlari Yoshlar masalalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar idoralararo kengashlari qarori bilan quyidagilarni amalga oshirish orqali moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlanadi: zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash; asosiy turdagi o‘quv qurollari bilan ta’minlash; badiiy kitoblar bilan ta’minlash; bolalar gazeta va jurnallariga obuna qilish; respublika oromgohlarida dam olishini tashkil etish; respublika bo‘ylab sayohatga borish va kelish xarajatlarini qoplash. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-apreldagi 67-son qaroriga 2-ilova “Qishloq joylardagi kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarga qoramolni bepul berish shartlari to‘g‘risida”gi Nizomga ko’ra, uy xo‘jaligida qoramol boqish uchun sharoit va imkoniyatlari, shu jumladan yer uchastkasi mavjud ko‘p bolali oilalarga bepul qoramol beriladi. Kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarga qoramolni bepul berish xayriya yordami sifatida amalga oshiriladi. Qoramolni bepul berishga ehtiyojmand oilalarni aniqlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bolali oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 10-dekabrdagi 437-son qaroriga muvofiq fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish har bir organida tuzilgan fuqarolar yig‘ini maxsus komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Download 18.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling