Ko`p ekiladigan navlarning oziqlanish maydonini aniqlash. Tugunak vazniga ko`ra uni ekish meyori Reja


Juda talabchanlar: karamning barcha turlari, bodring, ko‘kat ekinlar, turp, sholg‘om; 2


Download 27.45 Kb.
bet7/9
Sana04.02.2023
Hajmi27.45 Kb.
#1161434
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ko`p ekiladigan navlarning oziqlanish maydonini aniqlash. Tugunak vazniga ko`ra uni ekish meyori

1. Juda talabchanlar: karamning barcha turlari, bodring, ko‘kat ekinlar, turp, sholg‘om; 2. Talabchanlar: piyoz, sarimsoq; 3. Kamroq talabchanlar: osh lavlagi, sabzi, petrushka, pomidor, qalampir; 4. Qurg‘oqchilikka bardoshlilar: tarvuz, qovun, qovoq, shirin jo‘xori, loviya.
Sabzavot ekinlarining o‘sish va rivojlanishlariga havoning nisbiy namligi katta ta’sir ko‘rsatadi. Havo nisbiy namligining ortishi o‘simlik to‘qimalarining g‘ovaklashuviga, suv ushlash qobiliyatining susayishiga, mahsulotlarning oziqlik va saqlanuvchanliklarining pasayishiga olib keladi. Ortiqcha nisbiy namlik gul chang (otalik) larining qo‘zg‘atuvchanligini susaytiradi, ba’zi bir hasharotlar va kasallik qo‘zg‘atuvchilar uchun qulaylik yaratib beradi. Havo nisbiy namligining kamligi barglarning qalinlashuviga, maydalashuviga, namning tejalib sarflanishiga omil, fotosintez va o‘sishning susayishiga sababchi bo‘ladi. Quruq havo sernam sharoitda o‘sgan barglar uchun ayniqsa xatarlidir.
Sabzavot o‘simliklarining havo namligiga talablari ham turlichadir. Bodring, piyoz, turli xildagi karamlar va boshqa ba’zi bir bargli sabzavotlar uchun havoning qulay nisbiy namligi 80- 95 foizdir. Biroz kamroq – 60-75% namlikni talab qiluvchilarga sabzi, lavlagi, pomidor, baqlajon, qalampir, loviyalar kiradi.
Poliz ekinlari esa havoning 50-60% li past namliklarida yaxshi o‘sib rivojlanadi.
Sabzavot ekinlaridan yuqori hosil olish uchun suv tartibotini muvofiqlashtirishning turli usullarini qo‘llash zarur. Himoyalangan yopiq joylarda va sabzavotkorlikning hamma turlarida suv tartibotini sozlash uchun sun’iy sug‘orishlar qo‘llaniladi. Ochiq dalalarda va botqoqlashgan joylarda tuproqdan ortiqcha namliklar qochirilib, yoki pushta va egatlar olinib ekish usullari qo‘llaniladi. Namliklar yetishmaydigan joylarda esa tabiiy namlik tartibi o‘simliklar talabiga yaqinlashadigan maydonlarni tanlash, ixota daraxtlari, kulis ekinlari, qor va erigan muz suvlarini to‘plash, ekinlarni mo‘lchalash, erta bahorgi boronalash, tuproqlarni muntazam g‘ovaklashtirib turish kabi chora-tadbirlardan foydalaniladi.

Download 27.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling