Ko`p ekiladigan navlarning oziqlanish maydonini aniqlash. Tugunak vazniga ko`ra uni ekish meyori Reja


Download 27.45 Kb.
bet1/9
Sana04.02.2023
Hajmi27.45 Kb.
#1161434
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ko`p ekiladigan navlarning oziqlanish maydonini aniqlash. Tugunak vazniga ko`ra uni ekish meyori


Ko`p ekiladigan navlarning oziqlanish maydonini aniqlash. Tugunak vazniga ko`ra uni ekish meyori
Reja:

  1. Ko`p ekiladigan navlarning oziqlanish maydonini aniqlash

  2. Tugunak vazniga ko`ra uni ekish meyori

  3. Xulosa

  4. Foydalanilgan adabiyotlar

O‘simlikni o‘sish va rivojlanish bosqichlarini qanday o‘tishiga nurning spektral tarkibi kuchli ta’sir etadi. O‘simlik pigmenti 320-760 nm uzunlikdagi to‘lqinga ega bo‘lgan radiatsiyani singdiradi. Spektr tarkibidagi binafsha, ko‘k va qizil nurlar yaxshi, ko‘ksariq nurlar esa yomon singadi. Katta to‘lqin uzunligiga ega bo‘lgan radiatsiya maxsus pigmentlar tomonidan emas, balki o‘simlikni butun tanasi tomonidan o‘zlashtiriladi, bu, o‘z navbatida, uning isishini ta’minlaydi.
O‘simliklarning biologik tizimiga ultrabinafsha nurlar faol ta’sir etadi. Ular sun’iy iqlim sharoitda esa o‘simlik gullariga salbiy ta’sir etib, barglarining to‘kilishiga sabab bo‘ladi va unda ustunlik qiladigan apikalni yo‘qotadi. Yuqori tog‘ zonalarida quyosh nuri tarkibida ultrabinafsha nurlarining ko‘p bo‘lishi o‘simliklarning past bo‘yli (pakana) bo‘lib o‘sishiga va ular morfogenezida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Ultrabinafsha nurning tushishi yil davomida o‘zgarib turadi, shuning uchun u quyosh radiatsiyasi tarkibida yozda qish fasliga nisbatan, kuzda bahorga nisbatan ko‘p bo‘ladi. Bunga sabab atmosfera ozon qatlamining o‘zgarib turishidir.
31
Uzun to‘lqinli (730 nm) qizil nur ayrim o‘simliklar urug‘i va tinim davridagi kurtaklarini o‘sishdan to‘xtatib (ingibirust), barg bandi va bo‘g‘in oralig‘ini uzaytiradi.
Nurning spektral tarkibi o‘simliklar rivojlanishini tezlashtiradi. Fotosintetik radiatsiya tarkibidagi to‘qsariqqizil, binafsha va ko‘k nurlar o‘simlikka faol ta’sir etadi. O‘simliklarga Yorug‘ kun uzunligining samarali ta’sir etishiga uzun to‘lqinli, salbiy ta’sir etishiga esa qisqa to‘lqinli Nurlar sabab bo‘ladi. 380-740 nm to‘lqin uzunligiga ega bo‘lgan nurlar o‘simlikda fotosintez jarayoni o‘tishi uchun energiya manbai hisoblanadi, shuning uchun bular fiziologik faol radiatsiya (FFR) deb yuritiladi. O‘simliklar o‘sish davrida yer yuzasiga tushadigan fiziologik faol nurlar (FFR) mintaqalararo juda o‘zgaruvchan bo‘lib, shimoliy va janubiy kengliklarda 1 ga ekinzorga 1 dan 6 mlrd kkal. gacha farqlanadi. Nazariya bo‘yicha, o‘simliklar bu nurlarning 6-8 foizini o‘zlashtirishi kerak, haqiqatda esa ayrim o‘simliklarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 5-6 foizdan oshmaydi.
Odatda, FFRni ukrop – 0,4, petrushka – 0,7, lavlagi – 0,8, sabzi va karam – 0,9-1,0 foizini o‘zlashtiradi.
Tashqi muhit qulayligida Yorug‘lik kuchi o‘simliklarga fotosintez va rivojlanish jadalligini, gullash, mevalashga kirishishi tezligini o‘zgartiradi, o‘simliklar shakl tuzilishiga ta’sir ko‘rsatadi. Yorug‘lik kuchsiz bo‘lsa o‘simliklarning gulga kirishiga, gulshodalar hosil bo‘lishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, barglar mayda bo‘lib, umumiy biomassasining (poyalarning) ko‘payishigacha olib keladi.
O‘simliklarning nafas olishi uchun assimilyantlar (fotosintez mahsuli) sarfi 10-15 g/m2 ni tashkil etsa, o‘simliklar yashash faoliyati uchun oziq moddalar yetishmasligi tufayli generativ rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi. Natijada sifatsiz hosil olinadi.
O‘simlikka kuchli Yorug‘lik ta’sir etsa fotosintez jarayoni
32
buzilib, hujayralarning kuyishiga hamda xloroz kasalligiga olib keladi. Fotosintez optimal o‘tishi jarayonida o‘simliklar Yorug‘likka turlicha munosabatda bo‘ladilar.
Shu sababli ular quyidagi guruhlarsha bo‘linadi: O‘ta Yorug‘sevar: qovun, tarvuz, qovoq, bamiya, batat, pomidor, qalampir va baqlajonlar eng Yorug‘sevar o‘simliklar hisoblanadi. Bular uchun kun uzunligi 9-10 soat bo‘lsa 30-40 ming lyuks Yorug‘lik darajasi optimal bo‘lib, 6 ming lyuksda o‘simlik gullashi mumkin.

Download 27.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling