Ko`p ekiladigan navlarning oziqlanish maydonini aniqlash. Tugunak vazniga ko`ra uni ekish meyori Reja
Sabzavot ekinlari hayotida suvning ahamiyati
Download 27.45 Kb.
|
Ko`p ekiladigan navlarning oziqlanish maydonini aniqlash. Tugunak vazniga ko`ra uni ekish meyori
Sabzavot ekinlari hayotida suvning ahamiyati. Suv barcha
o‘simliklar to‘qimalarining tarkibiy qismidir. Barg va poyalarda uning miqdori 75-85 %, sabavot ekinlari mahsulotlarida esa 69- 97 %ni tashkil etadi. Suv o‘simliklar hayotida muhim fiziologik o‘rinni egallab, tanasiga ozuqa elementlarining kirishini va harakatlanishlarini ta’minlaydi, fotosintez va boshqa moddalar almashuv jaryonlarida ishtirok etadi, shuningdek, o‘simlik to‘qimalaridagi haroratni tartibga solib turadi. Sabzavot o‘simliklarida namlik yetishmasa ulardagi fotosintez susayadi, nafas olish zo‘riqadi, o‘sish jarayonlari sustlashib hosil keskin kamayadi, mahsulot sifati pasayadi. Bodring mevasi va ildizmevalar dag‘allashib, mazasi o‘zgaradi. O‘simliklarning suv miqdoriga bo‘lgan talabi bilan tuproq namligiga talabchanligi tushunchalarini farqlash lozim. Suvga bo‘lgan talab bu o‘simliklarning normal hayot kechirishlari va hosil to‘plashlariga sarflanuvchi miqdordir. Buni transpiratsiya mahsuldorligi (1 l suv sarflashda to‘planadigan quruq moddalar miqdori) transpiratsiya koeffitsienti (quruq moddalar birligiga sarflanadigan suv miqdori) va sarflanadigan suv koefitsienti (1 t tovar hosil shakllanishiga o‘simliklar va tuproq bug‘latadigan suv miqdori) iboralari bilan ifoda qilinadi. Sabzavot ekinlari ildiz tizimining rivojlanish hajmi va tuproqdan qiyin o‘zlashtiriladigan namlikni so‘ra olish imkoniyatlariga ko‘ra ko‘pchilik dala ekinlaridan ancha keyinda turadi. Agar g‘alla ekinlarining nam so‘rish quvvati 12 atm, qovoqniki 13,6, jo‘xorini 21,5 atm. gacha borsa, pomidorda 5,6 atm.ni tashkil etadi. Kuzgi bug‘doyning ildizlari 2 m, jo‘xoriniki 4 m chuqurlikkacha joylashadi, ko‘pchilik sabzavotlarniki esa faqat 0,5-1,5 m. gacha yetadi. Sabzavot ekinlari ildiz tizimining tarmoqlanish, chuqurlanish va atrofiga tarqalish darajasiga ko‘ra o‘zaro keskin farqlanadi va shu boisdan uch guruhga bo‘linadi. 1. Ildiz tizimi kuchli rivojlanib, eni bo‘yiga 2-5 m gacha tarqaladigan o‘simliklar: qovoq, tarvuz, qovun, osh lavlagi, xren. 2. Ildizlari nisbatan kuchli rivojlanib haydov qatlami ostiga 1-2 m o‘tib boradiganlar: sabzi, pomidor, karam (ko‘chatsiz ekilishida), petrushka. 3. Ildizlari kuchsiz (piyoz) yoki kuchli (bodring) 0,5 m gacha tarmoqlaydiganlar: karam (ko‘chat orqali ekishda), qalampir, baqlajon, bodring) piyoz, rediska, salat, ismaloq, shvit, selderey. Ko‘pchilik sabzavot o‘simliklari yirik va seret barglarga ega bo‘lib, ularning bug‘latuvchi jamlama yuzalari ildiz tizimlarining so‘ruvchi yuzalaridan ancha ustun turadi. Ildiz va yer ustki qismi massalarining nisbati quyidagicha: bodringda – 1:25; pomidorda – 1:15; karamda – 1:11; jo‘xorida – 1:5; bug‘doyda – 1:2. Boshqa ekinlardan farqli o‘laroq, sabzavot o‘simliklari barglarining labchalari yirik, kamharakat, ko‘pincha, kechayukunduz ochiq yoki namlik keskin taxchilikligida kunduzlari yopiq holatda bo‘ladi. Tuproq va havo namliklariga munosabatiga ko‘ra, sabzavot ekinlarining guruhlanishlari. Suvni tuproqdan so‘rish va uni sarflash qobilyatlariga ko‘ra sabzavot ekinlarini E.G. Petrov 4 guruhga bo‘ladi (1-rasm): 1. Suvni yaxshi topib so‘radi va uni jadal sarflaydi: lavlagi. Ildiz tizimining yaxshi rivojlaganligi, tuproqda suv kontsentratsiyasi nisbatan yuqoriligida ham suvni yaxshi o‘zlashtirishi va uni jadal sarflashi lavlagining o‘ziga xos xususiyatidir. Lavlagi sug‘orilishga moyil ekin. Sabzovot ekinlarining tuproq namiga bo‘lgan munosobat- laridan amalda to‘g‘ri foydalanish maqsadida ular quyidagi to‘rt guruhga bo‘linadi: Download 27.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling