Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘G‘risida


-modda. Shirkat a’zosining shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishidagi vakili


Download 211.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/31
Sana09.04.2023
Hajmi211.73 Kb.
#1345929
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31
Bog'liq
O‘RQ-581-сон 07.11.2019. Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida

39-modda. Shirkat a’zosining shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishidagi vakili
Shirkatning boshqa a’zosi yoki shirkat a’zosining oddiy yozma shaklda rasmiylashtiriladigan
ishonchnomasiga ega bo‘lgan uchinchi shaxs shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishida shirkat
a’zosining vakili bo‘lishi mumkin.
Shirkat a’zosi bo‘lgan jismoniy shaxsning nomidan ishonchnoma uning shaxsiy imzosi bilan
beriladi. Shirkat a’zosi bo‘lgan yuridik shaxsning nomidan ishonchnoma rahbar imzosi bilan shu
yuridik shaxs muhri (mavjud bo‘lgan taqdirda) qo‘yilgan holda beriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ishonchnomada tegishli ko‘p kvartirali uydagi ifoda etilayotgan joy mulkdori va uning vakili
to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ismi yoki nomi, yashash joyi yoki turgan joyi, pasportiga yoki
identifikatsiyalovchi ID-kartasiga oid ma’lumotlar) bo‘lishi kerak.
(39-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi O‘RQ-759-sonli
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)
Ishonchnoma shirkat a’zosining vakiliga shirkat a’zolarining bitta shirkat a’zolari umumiy
yig‘ilishida yoki ishonchnomada ko‘rsatilgan vaqt davomida barcha yig‘ilishlarida shirkat a’zosining
nomidan va uning manfaatlarini ko‘zlab so‘zga chiqish hamda bitta yig‘ilish kun tartibidagi
masalalar yuzasidan yoxud barcha hollarda ovoz berish vakolatini berishi mumkin.
Shirkat a’zosining ishonchnomasi uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga berilishi mumkin.
Agar ishonchnomada muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u ishonchnoma berilgan kundan e’tiboran bir


yil davomida o‘z kuchini saqlab qoladi. Berilgan muddati ko‘rsatilmagan ishonchnoma haqiqiy
emas.
Bir shaxs shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishida shirkat a’zolaridan bir nechtasining vakili bo‘lishi
mumkin. Agar bir shaxs shirkat a’zolaridan bir nechtasining vakili bo‘lsa, uning ovozlari soni u
manfaatlarini ifodalayotgan shirkat a’zolarining ovozlari soniga ko‘payadi. Bunda shirkat a’zolarining
vakili shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishida o‘zi manfaatlarini ifodalayotgan har bir shirkat
a’zosining nomidan alohida-alohida ovoz berish huquqiga ega.

Download 211.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling