shart.
Qaror loyihasi yagona hujjat tarzida tuzilgan bo‘lishi kerak.
Agar shirkat boshqaruvi shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishi tashabbuskori bo‘lmasa,
shirkat
a’zolari umumiy yig‘ilishi qarori loyihasining ko‘chirma nusxasi shirkat boshqaruviga ham ma’lumot
uchun qabul qilish maqsadida topshiriladi.
Shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishi qarorining loyihasida yig‘ilish tashabbuskori to‘g‘risidagi
ma’lumotlar, qaror yuborilishi lozim bo‘lgan joy va manzil, ovoz berish uchun nazarda tutilgan, besh
kundan kam bo‘lishi mumkin bo‘lmagan muddat, shuningdek boshqa zarur axborot ko‘rsatiladi.
Shirkat a’zolari har bir masala bo‘yicha qaror loyihasining asliga o‘z imzosini qo‘yish
orqali
yozma ravishda alohida ovoz berishi (yoqlab, qarshi yoki betaraf) va qarorni yig‘ilish tashabbuskori
tomonidan ko‘rsatilgan joyga yoki manzilga topshirishi shart.
Qaysi qaror loyihasi masalasi bo‘yicha ushbu Qonunda nazarda tutilgan tegishli ovozlar soni
to‘plangan bo‘lsa, o‘sha masala bo‘yicha qaror qabul qilingan hisoblanadi.
Qaror loyihasi bo‘yicha ovoz berishda unga qo‘shimcha yoki o‘zgartishlar kiritish taqiqlanadi.
Agar ovoz berish chog‘ida qaror loyihasini o‘zgartirish yoki unga qo‘shimcha kiritish zarurati yuzaga
kelsa, yangi loyiha tuzilishi hamda shirkatning har bir a’zosiga o‘zgartish va qo‘shimchalarning
sabablari ko‘rsatilgan holda yuborilishi kerak. O‘zgartishlar yoki qo‘shimchalar bilan qabul qilingan,
shirkat a’zolariga yuborilmagan qaror haqiqiy emas.
Do'stlaringiz bilan baham: