Ko’p omilli ekonometrik tahlil Bajardi: mf-52 guruh talabasi Alisherov Ozodbek


Download 0.79 Mb.
Sana14.12.2022
Hajmi0.79 Mb.
#1005032
Bog'liq
Alisherov Ozodbek Ekonometrika ppt

Ko’p omilli ekonometrik tahlil

Bajardi: MF-52 guruh talabasi Alisherov Ozodbek

Reja:

Modellarning tuzilishi

  • Juft regressiya modellashtirishda tadqiqot ob’ektiga ta’sir e’tuvchi asosiy omildan boshqa omillarni e’tiborga olmagan holatda yaxshi natija beradi. Masalan, u yoki bu mahsulot iste’molining daromadga bog’liqligini modellashtirishda tadqiqotchi har bir daromad guruhida iste’molga bir hilda ta’sir etuvchi mahsulot bahosi, oilaning katta-kichikligi, oila tarkibi kabi omillarni ham ta’siri borligini e’tiborga oladi. Shu bilan birga tadqiqotchi bunday holatni har doim ham to’g’ri bo’lishiga ishonmasligi ham mumkin. Daromadni iste’molga ta’siri haqida to’g’ri tasavvurga ega bo’lish uchun boshqa ta’sir etuvchi omillarni o’zgarmas deb qarab, ularni korrelyatsiiyasini o’rganish zarur. Bunday masalani echishning to’g’ri yo’llaridan biri, to’plamdan daromaddan tashqari boshqa omillarni bir xil qiymatga ega bo’lganlarini tanlab olishdan iborat. Bu yo’l ximiya, fizika, biologiya tatqiqotlarida qo’llaniladigan tajribalarni rejalashtirish usuliga olib keladi.

Ko’p omilli regressiyani tuzishda omillarni saralash

  • Alohida iqtisodiy o’zgaruvchilarning holatini nazorat qilish murakkab masala, ya’ni bitta o’rganilayotgan omilni ta’sirini baholash uchun barcha sharoitlarni birdek ta’minlab berish mumkin emas. Bunday holatlarda boshqa omillarni modelga kiritib ularning ta’sirini o’rganishga harakat qilinadi, ya’ni quyidagi ko’p omilli regressiya tenglamasi tuziladi:

Ko’p omilli regressiyaning asosiy maqsadi omillarning har birini modellashtiriluvchi ko’rsatkichga alohida hamda ularning umumiy birgalikdagi ta’sirlarini o’rganib ko’p o’lchovli modellarni qurishdan iborat.

Regressiya tenglamasining shaklini tanlash

  • Ko’p omilli regressiya tenglamalarini tuzish modellarni shakllantirish masalarini echishdan boshlanadi. Ular o’z ichiga ikki masalani oladi; -birinchisi omillarni saralash bo’lsa, ikkinchisi regressiya tenglamasi ko’rinishini tanlashdan iborat.
  • Ko’p omilli regressiya tenglamasiga u yoki bu omillar to’plamini kiritish avvalo tadqiqotchining modellashtiruvchi ko’rsatkichni boshqa iqtisodiy jarayonlar bilan o’zaro bog’lanish tabiati haqidagi tasavvuriga bog’liq. Ko’p omilli regressiyaga kiritiluvchiga omillar quydagi talablarga javob berishi kerak:
  • Ular miqdoriy jihatdan o’lchalanadigan bo’lishi kerak. Agar modelga miqdoriy jihatdan o’lchash imkoniyati bo’lmagan sifat ko’rsatkichlari kiritiladigan bo’lsa, ularni miqdor jihatdan aniqlashtirish zarur (masalan, hosildorlik modelida tuproqning sifati bal ko’rinishida, ko’chmas mulk ob’ektlari qiymati ranjirlangan rayonlarda joylashishiga qarab va h.k.).
  • Omillar o’zaro yuqori darajali korrelyatsiyada bo’lishi kerak emas va aniq funktsional bog’lanishda ham bo’lishi kerak emas

Ekonometrikada regression modellar ko’proq makro darajadagi iqtisodiy ko’rsatkichlar asosida quriladi. Modellashtirilayotgan ko’rsatkichlarga iqtisodiy jihatdan muhim omillarni ta’sirini baholash masalalari qo’yilganda ma’lumotlarning cheklanganligi turli muammolar keltirib chiqaradi. Shuning uchun yuqori tartibli polinomlar iqtisodiyotda kam qo’llaniladi.

  • Ekonometrikada regression modellar ko’proq makro darajadagi iqtisodiy ko’rsatkichlar asosida quriladi. Modellashtirilayotgan ko’rsatkichlarga iqtisodiy jihatdan muhim omillarni ta’sirini baholash masalalari qo’yilganda ma’lumotlarning cheklanganligi turli muammolar keltirib chiqaradi. Shuning uchun yuqori tartibli polinomlar iqtisodiyotda kam qo’llaniladi.

Ko’p omilli regressiya tenglamasining parametrlari

  • Ko’p omilli regressiya tenglamasi parametrlari juft regressiyadagi kabi EKKU bilan aniqlaniladi. EKKUni qo’llab normal tenglamalar tizimi hosil qilinadi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling